Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyul, 2025   |   21 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:04
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:31
Bismillah
16 Iyul, 2025, 21 Muharram, 1447

Ota-ona mehmondir

07.04.2018   4710   3 min.
Ota-ona  mehmondir

Alloh taologa eng suyukli ishlardan biri ota-onaga itoat etish, ularga mehr-shafqatli bo‘lishdir.

«Biz insonga ota-onasini (rozi qilishni) buyurdik. Onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan (qornida) ko‘tarib yurdi. Uni (ko‘krakdan) ajratish (muddati) ikki yilda (bitar). (Biz insonga buyurdikki) “Sen Menga va ota-onangga  shukr kilgin! Qaytish Mening huzurimgadir» (Luqmon, 14).

Ota-ona oldida sekin, past ovozda, odob bilan so‘zlash kerak. Zaruratdan ortiqcha gap aytilmaydi. Ularning ismlarini aytib chaqirish mumkin emas. Qo‘pollik bilan ko‘ngillarini og‘ritish, nazarlaridan qolish katta gunohlardan sanaladi. Ko‘cha-ko‘yda ota-onadan ilgari yurish, ovqatga ulardan oldin qo‘l uzatish, oldilarida yonboshlab olish odobsizlikdir.

Alloh taolo marhamat qiladi: «Rabbingiz, Uning O‘zigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. (Ey inson!) Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga “uf!..” dema va ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli so‘z ayt! Ularga, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut va (duoda): “Ey Rabbim! Meni (ular) go‘daklik chog‘imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!” de» (Isro, 23–24).

Demak, ota-ona qarilik yoshiga yetganida ularga yanada shafqatli bo‘lish zarur. Keksalarning ko‘ngli xuddi bolanikiday bo‘lib qoladi. Bunday holatlarda imkon boricha ularning ko‘nglini og‘ritmasdan xohishlari­ni bajarish, pand-nasihat qilishsa, aslo malol olmaslik kerak.

Qaysi xonadonda ota-ona yoki ulardan biri tirik bo‘lsa, o‘sha oiladagi farzandlar baxtlidir. Chunki ularda ko‘proq savobga erishib qolish imkoniyati bor. Ota-onani tirik­ligida qadriga yetib, izzat-hurmatini joyiga qo‘yganga nima yetsin.

Umuman, keksalarimiz borligi bizning katta davlatimiz. Ular go‘yo uylarimizning farishtalari. Ko‘pni ko‘rgan buva-buvilar yosh oilalar uchun ibrat maktabi. Ular nabiralarining ta’lim-tarbiyasini, odob-ahloqini nazorat qilib, hayotiy tajribalari asosida to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi.

Ota-ona vafot etganidan keyin ham ularning farzandlar ustidagi haqlari tugamaydi. Vasiyatlarini ado etish, haqlariga doim duoda bo‘lish farzandlar burchidir. Ularning qarindoshlik aloqalarini davom ettirish, tanigan-bilgan tengqurlarini yo‘qlash, mehmonga chaqirish nur ustiga nur bo‘ladi.

Rasululloh  huzurlariga bir kishi kelib: “Yo Rasululloh vafotlaridan ke­yin ham ota-onamga yaxshilik qila olamanmi?” deb so‘radi. U zot : “Ha, to‘rt ish bor, ularni bajarsang, ota-onangga yaxshilik qilgan bo‘lasan: ular haqqiga duo qilish, gunohlarini kechishini Allohdan so‘rash, ularning nasihat va shar’iy vasiyatlarini bajarish, do‘st-birodarlarini izzat-ikrom qilish va ota-ona tarafidan bo‘ladigan qarindoshlikni davom ettirish”, deb javob berdilar (Imom Buxoriy rivoyati).

Xalq orasida, ota-ona mehmondir, degan ibratli so‘z bor. Vaqt g‘animat, aziz mehmonlaringizning yaxshi duolarini olib qolishga ulguring. Ularga nima qilsangiz, ertaga farzandingizdan qaytadi. Bu haqiqatga hayotda ko‘p guvoh bo‘lganmiz...

 

Fazliddin MUSAXOV,

Ohangaron tumanidagi “Quraysh” jome

masjidi imom-xatibi

O‘MI Matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Nima uchun Allohga hamd aytishim kerak?

16.07.2025   417   2 min.
Nima uchun Allohga hamd aytishim kerak?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Osmonlaru yerni yaratgan  Zotning qarshisiga ma’siyatlar ila chiqa ko‘rmang, g‘azabiga toqatingiz, iqobiga sabringiz va azobiga qudratingiz yetmaydi.

Doktor Abdul Muhsin Ahmad o‘zining bir qarindoshi bilan bo‘lgan voqeani aytib berdi. Voqeaga ko‘ra bir yigit ukasiga doim “Allohga hamd aytgin” desa, ukasi: “Nima uchun Allohga hamd aytishim kerak?” – der, Yaratganga bo‘yin eggisi kelmasdi.

Axir uning bu gapini olamlar Rabbi bo‘lgan Zot eshitib turibdi! Alloh uni ikki oyog‘i bilan yurg‘izib qo‘yibdi, qancha odamlar yura olishmaydi. Necha-necha insonlar ko‘rish ne’matidan mosuvo bo‘lganida, uning ko‘zlari ko‘rib turibdi.

Vaqt o‘tib yigit avtohalokatga uchraydi. Uning a’zolari qattiq shikastlanadi. Operatsiyadan so‘ng doktor Abdul Muhsin Ahmad uni bir umr nogiron bo‘lib qolganligini, tanasining yarmi ishlamasligini, aniqrog‘i, bir o‘limdan qolganligini aytadi.

Alloh buyuk! Uning ne’matlari cheksiz. Biz bandalar doim shukrda bo‘lmog‘imiz lozim. Zero, Alloh taolo aytadi: «...Albatta, Uning ushlashi alamli va shiddatlidir»[1].

Tasavvur qiling, bordi-yu, siz do‘zaxiylardan bo‘lsangiz, u yerdagi azobga chiday olasizmi?!  Albatta, yo‘q.

Shunday ekan Allohga tavba qiling! U Zotga xush kelmaydigan ishlardan qayting. Solih amallar ila Rabbingizga yaqinlashing.

Alloh bergan ne’matlarga shukr qiling. Gunoh va ma’siyatning kichikligiga qaramang. Allohning buyukligini nazaringizdan qochirmang. 

Alloh buyuk! U Zot sizni kutilmaganda ushlamasidan avval qalbingizni qo‘rquv ila to‘ldiring. Qazoingiz yaqinlashmasidan avval poklaning.  O‘lim kelgandagi pushaymondan naf yo‘q va buning uchun imkon berilmas...


Hasson Shamsiy Poshoning
“Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar” nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.

 


[1]  Hud surasi, 102-oyat.