Bugun, 5 aprel kuni Respublikada faoliyat olib borayotgan diniy soha xodimlari, imom-xatiblar va diniy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va Islom dini ma’rifatini tarqatishda diniy soha xodimlarining o‘rni” nomli ilmiy-o‘quv seminari ilk marotaba video-konferensiya ko‘rinishida o‘tkazildi.
Tadbir Odilxon qori Ismoilovning Qur’oni karim tilovati hamda Muftiy hazratlarining duolari bilan boshlandi.
Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, O‘zbekiston Islom akademiyasi rektori, akademik Ne’matullo Ibrohimov, O‘zbekistonda islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minavarov, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Tohir Malik, O‘zbekiston Islom akademiyasi professori Umarali Normatov, O‘zbekiston Islom akademiyasi kafedra mudiri Xurshid Do‘stmuhammadlar so‘zga chiqdilar.
Tadbir haqida batafsil ma’lumotlarni saytimizda kuzatib boring.
O‘MI Matbuot xizmati
Buyuk mutafakkir va faqih Burhoniddin Marg‘inoniyning yetuk shogirdi, hanafiy olim Imom Zarnujiy rahimahullohning "Ta’limul muta’allimi toriqot ta’allumi" kitobi asosida ilm olishning foydalari, odoblari, inson va jamiyat taraqqiyotida ilm-fanning o‘rni haqida so‘z boradi. Sakkiz asrdan beri ilm ahli, talabalar va ziyolilar orasida keng foydalanib kelinayotgan mazkur asar haqida Alloma Laknaviy rahimahulloh haqida "Ko‘p foydalarga ega, nafis, manfaatli kitob", deya ta’rif bergan.
Abduvohid domla Ahmadaliyev,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi mutaxassisi.