Ushbu ko'rsatuvda:
Inson umra yoki hajga borsa, avvalgi qilgan barcha gunohlari kechiriladi, deb eshitdim shu to'g'rimi?
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam necha marta umra va haj amallarini bajarganlar?
Haj ibodatining 3 ta turi bor, deb eshitdim. O'zbekiston hojilari qaysi turdagi hajni niyat qiladi? kabi savollarga javob olishingiz mumkin.
Hajga oid savollaringiz bo'lsa quyidagi @MabrurHajBot ga yuboring.
Alloh taolo barcha solih amallarimizni qabul etsin!
MABRUR_HAJNING_MUKOFOTI_JANNAT!
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Mo‘minning ishi ajoyibdir. Uning hamma ishi o‘ziga yaxshilikdir. Bu mo‘minlarga xos bo‘lib, boshqalarda unday emas. Agar unga xursand qiluvchi narsa yetsa, shukr qiladi. Bu u uchun yaxshidir. Agar zarar beruvchi narsa yetsa, sabr qiladi. Bu ham uning uchun yaxshi bo‘ladi", dedilar (Imom Muslim rivoyati).