Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Iyul, 2025   |   30 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:35
Quyosh
05:12
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:51
Xufton
21:20
Bismillah
25 Iyul, 2025, 30 Muharram, 1447

Shavkat Mirziyoyev Misr Prezidentiga tabrik yubordi

04.04.2018   2561   1 min.
Shavkat Mirziyoyev Misr Prezidentiga tabrik yubordi

Avvalroq, Misr prezidentligi uchun o‘tgan saylovlarda ikki nafar nomzod kurashgani, yakuniy natijalarga ko‘ra, amaldagi Prezident Abdul Fattoh as-Sisiy 97 foiz ovoz bilan g‘alab qozongani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abdulfattoh as-Sisiyni Misr Arab Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qildi.


O‘MI Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Umrada sa’y qilmaslik

23.07.2025   3411   1 min.
Umrada sa’y qilmaslik

Savol: Umraga borgan kishi, yetti marta tavofni qilib bo‘lgach, toliqib qolib, Safo va Marva orasida sa’yni qilmay, mehmonxonaga ketib qolsa, nima qilishi lozim bo‘ladi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu odam mehmonxonada biroz orom olgach, haramga qaytib, sa’yni qilishi vojib bo‘ladi. Chunki Safo va Marva orasida yetti marta sa’y qilish umraning vojiblaridan sanaladi. Shuning uchun umra qilayotgan odam tavofdan keyin sa’yni tugatmaguncha ehromdan chiqa olmaydi. Agar sa’ydan oldin sochini oldirib, ehromdan chiqqan bo‘lsa, o‘z vaqtidan oldin ehromdan chiqqani uchun, zimmasiga bir jonliq so‘yish vojib bo‘ladi. Shu bilan birga sa’yni qilishi ham lozim bo‘ladi. Agar keksa yoki bemorligi tufayli o‘zi yurishga qiynalsa, aravada sa’y qilsa ham joiz bo‘laveradi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.