Joriy yilning 3 aprel kuni Samarqand viloyati vakilligi tomonidan viloyatda faoliyat olib borayotgan "Imom xatiblarning bilim saviyasini oshirishga karatilgan kiska muddatli" o‘kuv-kurslari tashkil etildi. O‘quvlar uch kun davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 3-5 aprel kunlari Samarqand qishloq xo‘jalik instituti qoshidagi 1-sonli akademik litseyda bo‘lib o‘tadi.
Ushbu o‘quv kurslarga jami 285 nafar imom xatiblar jalb qilingan bo‘lib, ular besh guruhga bo‘lingan holda mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar. Har bir guruhga bir tuman-shaharlarning hokim o‘rinbosarlari, imom-xatiblari, viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari rektorlari, idora va tashkilotlarning rahbarlari mas’ul etib belgilangan.
O‘MI Matbuot xizmati
#xabar #mahorat #imom
Bugun, 16 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi masjidlarda faoliyat yuritayotgan 80 nafardan ziyod voiz imom domlalar uchun Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida “Zamonaviy axborot makonida diniy-ma’rifiy soha mutaxassislarining media-targ‘ibot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb jihatlari” mavzusida 72 soatlik malaka oshirish o‘quvi boshlandi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida bo‘lib o‘tgan o‘quv kursining ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita boshqarma boshlig‘i Muhiddin Hakimov, mazkur institut direktori Husniddin Ahmedov va tinglovchilar ishtirok etdi.
Tadbirda Homidjon domla bugungi murakkab davr barcha soha vakillari qatorida imom domlalardan ham o‘z bilim va malakalarini doimiy oshirib borish, insonlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, aholi, ayniqsa, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash yo‘lida jiddu jahd qilishni talab etayotganini ta’kidladi. Shuningdek, notiqlar mazkur kursning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Ikki hafta davom etadigan mazkur o‘quvda bugungi kunda dolzarb bo‘lgan mavzularda dars mashg‘ulatlari olib boriladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati