“Odoxa” tahlil markazi Fransiya aholisi o‘rtasida salafiylikka munosabatlari haqida so‘rov o‘tkazdi. Bu haqda "Islam-today" nashri xabar berdi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mamlakat aholisining 90 foizi salafiylik oqimini ta’qiqlashni qo‘llab-quvvatlashga tayyorgarligini bildirdi, 80 foizdan ko‘proq kishi salafiylik tarafdorlari bo‘lgan chet el fuqarolarini deportatsiya qilinishiga rozi ekanligini bildirdi, so‘rovnoma qatnashchilarining 61 foizi Fransiyada favqulodda holat rejimining qayta tiklanishini qo‘llab-quvvatlashi uchun ovoz bergan. Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin sobiq bosh vazir Manuel Vals Fransiyada salafiylik oqimini ta’qiqlash bo‘yicha taklif bilan chiqqan edi.
O‘MI Matbuot xizmati
Savol: Umraga borgan kishi, yetti marta tavofni qilib bo‘lgach, toliqib qolib, Safo va Marva orasida sa’yni qilmay, mehmonxonaga ketib qolsa, nima qilishi lozim bo‘ladi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu odam mehmonxonada biroz orom olgach, haramga qaytib, sa’yni qilishi vojib bo‘ladi. Chunki Safo va Marva orasida yetti marta sa’y qilish umraning vojiblaridan sanaladi. Shuning uchun umra qilayotgan odam tavofdan keyin sa’yni tugatmaguncha ehromdan chiqa olmaydi. Agar sa’ydan oldin sochini oldirib, ehromdan chiqqan bo‘lsa, o‘z vaqtidan oldin ehromdan chiqqani uchun, zimmasiga bir jonliq so‘yish vojib bo‘ladi. Shu bilan birga sa’yni qilishi ham lozim bo‘ladi. Agar keksa yoki bemorligi tufayli o‘zi yurishga qiynalsa, aravada sa’y qilsa ham joiz bo‘laveradi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.