Joriy yilning 31 mart kuni AQSHdagi Zamonaviy san’at muzeyida Missuridagi Amerika-Islom munosabatlari kengashi (The Council on American-Islam Relations in Missouri –CAIR-MO) tomonidan har yili o‘tkaziladigan Badiiy ko‘rgazma ochildi. Tadbirning asosiy tashkilotchilari – opa-singil Sadiya va Yusro Ali bo‘lib, bu yilgi ko‘rgazma «Ijodkorlik va o‘zlikni anglash: Amerika musulmonlari badiiy ko‘rgazmasi - 2018» deb nomlandi.
Missuridagi CAIR kengashining maqsadi 2000 yilning oktyabr oyida Sharqiy Missuri va Janubiy Illinoys shtatlarida yashovchi musulmonlarga o‘z huquqlarini yaxshiroq anglash va Amerika madaniy hayotining faol ishtirokchilari bo‘lishlarida yordam berish ekani aytib o‘tilgan. Shu tariqa, CAIR-MO kengashi musulmonlar va musulmon bo‘lmagan aholi o‘rtasida ko‘prik yaratishga hamda amerika xalqiga Islom dinini asl holatida tushuntirib berishga harakat qilmoqda.
Opa-singil Alilar 2017 yildan badiy ko‘rgazma tashkil etishni boshlashgan va ularning fikricha, AQSHdagi musulmon jamoatchiligi jamiyat hayotidagi eng muhim jihat – san’atni unutib qo‘ymoqda. Ularning fikricha, bu soha xavf-xatar bilan aloqador bo‘lmagan soha, shuning uchun san’at ahli hech qanday to‘sqinliksiz va ishonch bilan o‘z ijodlarini taqdim qilishlari mumkin.
2017 yilda CAIR-MO Amerika jamoatchiligi orasida «portlash»ni yuzaga keltirib, juda mashhur hodisaga aylanganini ta’kidlab o‘tish joiz. Qatnashchilar «an’anaviy islom san’ati» taqdimotini kutishgandi, ammo ularning e’tiboriga tasviriy san’at, she’riyat va amaliy dekorativ ishlarining rang-barang shakllari taqdim etildi. Bu yil ham opa-singil Alilar o‘z mahoratlarini yana bir bor ko‘rsatishga qaror qilishdi.
Shuningdek, u ko‘rgazma qatnashchilari turli etnik guruhlaridan tashkil topgan bo‘lib, bu holat ularga o‘z hayotiy tajribalarini turli xil usulda namoyon qilishga yordam beradi, deb hisoblaydi. Ko‘rgazma doirasida tasviriy san’atdan tashqari, kichik liboslar namoyishi, adabiy asarlar va to‘qimachilik mahsulotlari ham taqdim etildi.
O‘MI Matbuot xizmati
#xabar #muftiy #juma
Bugun, 18 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari juma namozini Toshkent shahridagi "Yakkasaroy" jome masjidida ado qildilar.
Muftiy hazratlari jamoat namozidan oldin yig‘ilganlarga “O‘zganing haqqidan hazar qilaylik!” mavzusida manfaatli suhbat qilib berdilar.
Mav’izada bugungi kunda birovning molini noto‘g‘ri yo‘l bilan yeyish va o‘zganing xaqqiga xiyonat qilishdek og‘ir gunohlar, jumladan, qarzini qaytarmaslik, tarozidan urish, mualliflik huquqini poymol qilish, poraxo‘rlik, qimorbozlik, firibgarlik kabi illatlardan hazar qilish lozimligini qat’iy ta’kidladilar.
Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qur’oni karimdagi: “Ey, imon keltirganlar! Mol-mulklaringizni o‘rtada nohaq (yo‘llar) bilan yemangiz!...” (Niso surasi, 29) oyatini sharhlash asnosida Alloh taolo insoniyatni Yer yuzida halol rizq talab qilishga amr etgani, uning aksi bo‘lmish haromdan hazar qilishga buyurgani hamda halol va harom narsalarni ochiq bayon qilganini aytib o‘tdilar.
Suhbat yakunida Haq taolodan elu yurtimiz tinchlik-farovonligi va halol-pok molu davlat topish, nohaq-botil yo‘llar orqali keladigan mollardan asrashini so‘rab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati