"Muslim traveler" ijodkorlari poytaxtimiz bilan tanishgach, safarning 3-kuni erta tongdan Samarqandga yo‘l olishdi. Yo‘l davomida yurtimizning ajib tabiatini ko‘zdan kechirisharkan, Jizzax viloyati hududiga kiraverishda laylaklarni ko‘rib, to‘xtab tasvirga olishdi. Indoneziyada minglab qush turlari bo‘lsada, mavsumiy qush bo‘lgan laylaklarni ilk bor ko‘rib turishlari edi. Samarqandga yetib kelgandan so‘ng ijodiy guruh Registon bo‘ylab sayrga chiqishdi. Kechki Registonning go‘zal manzarasi hech kimni befarq qoldirmasligi aniq.
Shuningdek, mehmonlarda Imom Al Buxoriy majmuasi ham katta taassurot qoldirdi. Maqbarani ziyorat qilish bilan bir qatorda, hazrat Imom al Buxoriy va ziyoratgoh haqida mazkur madrasa bosh imom xatibi Zayniddin Eshonqulov bilan mazmunli suhbat qurishdi.
«Ziyorat turizmining rivojlanishida bu singari majmualarning ahamiyati katta. "Muslim traveler" ko‘rsatuvi oldida buyuk muhaddisning maqbaralari Samarqandda joylashgani, Imom Al Buxoriy maqbarasining zamonaviy ko‘rkam qiyofasi hamda boshqa ziyoratgohlar haqida millionlab indonez xalqiga ma’lumot berishdek burchni ado etish yotibdi», deydi dastur muallifi Dian Kencana Devi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati bildirishicha, ijodkorlarni Xavfsiz turizm boshqarmasi mutaxassislari yurtimizda sayyohlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirishdi. Undan so‘ng esa, madaniy hordiq chiqazish va o‘zbek milliy liboslari bilan yaqindan tanishish maqsadida «El merosi» teatrining sahnalashtirilgan liboslar namoyishiga tashrif buyurishdi. Yurtimiz hududida turli davrlarda mavjud bo‘lgan tarixiy liboslar qurshovida qolgan "Muslim traveler" ko‘rsatuvi boshlovchisi Shaza Belladonna o‘zi uchun Temuriylar davri libosini tanladi. U «O‘zimni go‘yoki o‘tmishdagi malikadek his qildim» deydi.
Teatrlashtirilgan dastur va liboslar namoyishi indoneziyalik ijodkorlarga juda juda manzur bo‘ldi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Buyuk mutafakkir va faqih Burhoniddin Marg‘inoniyning yetuk shogirdi, hanafiy olim Imom Zarnujiy rahimahullohning "Ta’limul muta’allimi toriqot ta’allumi" kitobi asosida ilm olishning foydalari, odoblari, inson va jamiyat taraqqiyotida ilm-fanning o‘rni haqida so‘z boradi. Sakkiz asrdan beri ilm ahli, talabalar va ziyolilar orasida keng foydalanib kelinayotgan mazkur asar haqida Alloma Laknaviy rahimahulloh haqida "Ko‘p foydalarga ega, nafis, manfaatli kitob", deya ta’rif bergan.
Abduvohid domla Ahmadaliyev,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi mutaxassisi.