Sayt test holatida ishlamoqda!
31 Yanvar, 2025   |   1 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:14
Quyosh
07:35
Peshin
12:41
Asr
15:56
Shom
17:41
Xufton
18:57
Bismillah
31 Yanvar, 2025, 1 Sha`bon, 1446

Ota-onaga hurmat ko‘rsatish va itoat qilishning mukofoti nima?

2.04.2018   6821   15 min.
Ota-onaga hurmat ko‘rsatish va itoat qilishning mukofoti nima?

Ota-onaga xizmat va itoatning mukofoti Alloh va Rasuli sollallohu alayhi vasallam va’da berganlaridek, faqat, Jannatdir. Alloh taolo solih, O‘zining rozligini topgan bandalariga har birining darajasiga qarab mukofotlarini va’da qiladi. Mo‘min uchun eng oliy mukofot bu Allohning jamoli. Alloh jamolini esa jannatiylarga ko‘rsatadi. Bu haqda O‘zi xabar beradi.  

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ona-ota haqida so‘ralganida: “U ikkovi sening jannating va yo jahannamingdir” (Ibni Moja), deb marhamat qilganlar. 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu hadisi shariflarida Jannatni hali oxiratga ko‘chmasdan turib qo‘lga kiritish mumkinligi haqida xabar bermoqdalar. Ko‘pchiligimiz ushbu hadisi sharifni ko‘p bora eshitgan bo‘lsak-da, uning mohiyatini chuqur anglab yetmaganmiz. Nima uchun?

Islom ulamolari: “Alloh savobli amallarni bajargan bandalarini Janntiga kiritishi haqida va’dalar bergan, lekin aksariyat insonlar Jannatning vasfi haqida mukammal tushunchaga ega bo‘lmaganliklari tufayli unga intilish borasida ham yetrali darajada shijaot ko‘rsata olmaydilar”, deydilar.

Haqiqatdan ham agar biz oxir zamon Payg‘ambari sollallohu alayhi vasallam xabar berayotgan ushbu va’daning mazmun-mohiyatini chin yurakdan tushunib, qabul qilib, idrok qilganimizda edi, ertalabdan kechgacha ota-onalarimizning oldilaridan jilmasdan, nima xizmatlari bo‘lsa jonu dildan bajarib o‘tirgan bo‘lar edik. “Allohning eng buyuk mukofoti Jannatga kirishning bitta yo‘li ota-onamning roziligini olish ekan, buni albatta qo‘lga kiritishim kerak, bu fursat men uchun g‘animat, bularning o‘zlari ham g‘animat”, deb harakatimizni shunga yarasha qilardik. Lekin hayotda hammada ham bunday shijoatni ko‘rish mumkin bo‘lmaydi. Sababi bunday savobli amallar haqida biz o‘zlarimiz ham yetarli bilim va saviyaga ega emasligimizdadir. Shuning uchun ham Islom ulamolari diniy bilimlarni olishda din yo‘lida hayot kechirib o‘tib ketgan aziz avliyolar, solih bandalarning hayot-faoliyatlarini ham o‘rganib borishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar. Chunki aynan shu azizlarning hayotlaridan ko‘plab kitoblardan o‘qib tushuna olmagan, aqlimiz qabul qilmagan nodir jihatlarni bilib olamiz. Agar bu aziz zotlarning hayotlarini o‘rganib, tadqiq qilib, kundalik sertashvish hayotimiz orasidan ular uchun ham joy ajratadigan bo‘lsak nur ustiga nur bo‘lardi. 

Ibrat. Islom dunyosining mashhur olim va faqihlarining hayot tarzi bilan tanishadigan bo‘lsangiz, ularning Alloh taolo va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam tomonidan buyurilgan birorta amrga, ko‘rsatmaga bee’tibor bo‘lmaganliklarini, aksincha har bir buyruq va tavsiyalarga yuksak hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lganliklarini ko‘rish mumkin. Jumladan, mazhabboshimiz imom Abu Hanifa rahimahulloh ham ota-onalari xizmatlariga qattiq kirishgan, ularga ko‘p yaxshilik qiluvchi inson bo‘lgan ekanlar. Imom ota-onalari haqqiga duolar qilib, istig‘for aytar, doimo ular nomidan sadaqalar qilib turgan ekanlar. Abu Hanifa rahmatullohi alayh onalari yonida kechirgan hayotlarini hikoya qilib berar ekanlar, ularning onalariga ko‘rsatgan g‘amxo‘rliklari va ehtiromlari har qanday odamni sergaklikka tortib, mulohaza bilan ish yuritishga da’vat etadi. Savobu gunoh masalasida xizmatning katta-yu kichigi bo‘lmasligiga yana bir bor amin bo‘lasiz. Bu muborak zot o‘zlari haqida quyidagilarni aytadilar: “Ba’zan onamni Umar ibn Zarrning majlisiga olib borardim. Ba’zan onam menga u kishiga borib, biror masalaning javobini so‘rab kelishimni buyurardi. Men borib, u zotga o‘sha masalani zikr qilardim. U zotga: “Onam meni sizdan falon-falon narsalarni so‘rashimni buyurdi” derdim. Shunda u kishi: “Sendek bir odam mendan bu masalani so‘raydimi?!” derdilar. Men: “Onam shunga amr qildi” derdim. Shunda u zot: “Uning javobi qanday bo‘ladi? Sen o‘zing menga ayt, keyin men senga aytaman” derdilar. Men u kishiga javobni aytardim. Keyin u kishi o‘sha javobni o‘zimga qaytarib aytardilar. Men onamga kelib, u javobni aytardim. Bir safar onam mendan bir narsani so‘radi. Men javob berdim. U kishi javobimni qabul qilmadi va: “Zar’a voizning so‘zinigina qabul qilaman” dedi. Men onamni Zar’a voizning oldiga olib borib: “Onam sizdan shu-shu narsalarning javobini so‘rayapti” dedim. Shunda u kishi: “Sen mendan bilimdonroq va faqihroqsan-ku! O‘zing fatvo ber!” dedilar. Men: “Shunday deb fatvo beraman” dedim. U kishi: “Javob Abu Hanifa aytgan so‘zdir” dedilar. Onam rozi bo‘lib, ortiga qaytdi”. 

Demak, hadisga qaytadigan bo‘lsak uning davomida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ota-onani norizo qilish bu do‘zax uchun dastxat ekanini ham xabar bermoqdalar. Behad mehribon Allohimiz bandalarini bir qator amallarni bajarmaslikka, aks holda do‘zaxga kirib qolishlari haqida ogohlantirish beradi. Ana shu taqiqlangan amallar qatoridan ota-onani norizo qilishlik ham o‘rin olgan. Alloh taolo va Rasuli sollallohu alayhi vasallam insonlarga “jahannamdan o‘zingizni saqlang, viqoya qiling” deb takror va takror ogohlantirish beradi. Bu yerda ham biz bandalar do‘zaxning naqadar mudhish va alamli azoblar makoni ekanini chuqur anglab yetmaganimiz tufayli bu narsaga ham befarq munosabatda bo‘lamiz. Vaholanki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: Zaqqumning bir tomchisi dunyo dengizlariga tomib ketsa, yer ahlining hayotini buzib yuborgan bo‘lar edi”, (Termiziy, Hokim) deganlar. 

Alloh taolo aytadi:

“Ularga tikan (zoriy’)dan boshqa taom yo‘q.” (“G‘oshiya” surasi, 6-oyat) 

 “Albatta, Zaqqum daraxti. Gunohkorlar taomidir. U xuddi eritilgan ma’dandek qorinlarda qaynaydir. Qaynoq suvning qaynashiga o‘xshaydir.” (“Duxon” surasi, 43-46-oyatlar) 

“Va g‘isliyn (yiring)dan o‘zga taom ham yo‘q. U(taom)ni xatokorlardan boshqa hech kim yemas.” (“Haaqqah” surasi, 35-36-oyatlar) 

Shuningdek, tafsirlarda do‘zaxning tabaqa-tabaqa ekani, do‘zaxiylarning bir qismi zaqqum, bir qismi tikon va bir qismi g‘isliyn (yiring) yeyishlari bayon etilgan. Qur’oni karimda dzaxning yetti eshigi borligi xabar beriladi:

“Uning yetti eshigi bordir. Har bir eshik uchun ulardan taqsimlangan bo‘lagi bordir” dedi. (“Xijr” surasi, 44-oyat) 

Oyati karimalarda do‘zaxiylarning nima yeyishlarini bayon etilishidan maqsad, ularning tortadigan azob-uqubatlarini, og‘ir va qiyin ahvollarini dunyo ahllariga bildirishdan iborat. 

“Do‘zaxiylar qorinlari ochsa, nima yeyishadi? Ularga qorinlari ochganida taom uchun Zaqqum daraxtining mevasi beriladi. Zaqqum achchiqligi va zaharliligi bilan og‘izlarda zarbulmasal bo‘lib ketgan. Ana o‘sha zahar gunohkorlarga taom bo‘ladi, qorinlarida eritilgan ma’dan, temir yoki misdek yoxud dog‘ qilinayotgan yog‘dek qaynab turadi. U xuddi suvdek qaynaydi. Oyati karima va hadisi shariflarda keltirilishicha, jahannam yetti qavatdan iborat bo‘lib, har qavatining alohida eshigi bo‘lar ekan. Har qavati bir-biridan ashaddiyroq bo‘lar ekan. Chunki gumrohlik, xatokorlik ham har xil bo‘ladi. Qilgan gunohi darajasiga qarab kofirlar turli qavatlarga kiritiladi. Shaytonga ergashgan gumrohlar taqsimlab, bo‘lib-bo‘lib, guruhlarga ajratib qo‘yilgan bo‘ladi. O‘sha mazkur yetti eshikdan gunohining ko‘p-ozligiga qarab birin-ketin kiritilaveradilar”, deb yoziladi “Tafsiri Hilol”da.        

Zaqqum do‘zaxdagi juda achchiq, badbo‘y, xunuk daraxtning nomi. Do‘zax ahli zaqqum, samum, qaynoq suv va olov bilan azoblanadi, ularning yemishi faqat zaqqum, ichimligi qaynoq suv bo‘ladi. Zariy’ Arabiston yarim orolida o‘sadigan bir turli tikanak, g‘isliyn esa do‘zax ahlining qusuq va yiringlari demakdir. Do‘zaxilarning taomi shudir. 

Jannatdagi yeyiladigan va ichiladigan narsalar dunyo ne’matlariga o‘xshamaganidek, jahannamning azobli yeb-ichiladiganlari ham dunyo azoblariga o‘xshamaydi. Alloh taolo jannatini vasf etib unga kirishga sabab bo‘ladigan ishlarni bajarishga buyurganidek, do‘zaxning ham ta’riflarga sig‘maydigan darajadagi fojeali, mudhish va qo‘rqinchli azoblarini tushuntirish bilan unga kirmaslikka tashviq etadi. Ko‘zimizga arzimagan bo‘lib ko‘ringan amallarni qilib qo‘yib, do‘zaxga tushib qolmaslik choralarini ko‘rishga chaqirib, ogohlantiradi. Bu esa Uning cheksiz rahmati jilvalarining faqatgina bittasidir. Bu rahmat tajalliysiga noil bo‘lish uchun olamlarga rahmat etib yuborilgan hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ergashishimiz lozim, shundagina bizlarning qalblarimizga ham u rahmatlar tajalli qiladi. 

Hadis. Abu Hurayra va Anas ibn Molik (roziyallohu anhumo) rivoyat qiladi: “Kunlardan bir kuni Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) minbarga ko‘tarildilar-da, “Omin”, dedilar. Keyin ikkinchisiga ko‘tarildilar-da, “Omin”, dedilar. So‘ng tik turdilar-da, “Omin”, dedilar. Bu holatdan taajjublangan sahobalar: “Nima uchun “Omin”, dedingiz, yo Rasululloh?” deb so‘rashdi”.

Muhammad (sollallohu alayhi va sallam): “Hozir huzurimga Jabroil (alayhissalom) kelib, menga: “Ey Muhammad (sollallohu alayhi va sallam)! Sizning ismingiz zikr qilinganda, kim sizga salavot va salom aytmasa, uning burni yerga ishqalansin”, dedi, men “Omin”, dedim.

“Kim ota-onasining yoki ulardan birining keksaliklarida xizmatlarini qilmay, jannatga kirmasa, uning ham burni yerga ishqalansin”, dedi, men “Omin”, dedim.

“Kim ramazon oyiga yetsa-yu, gunohlari mag‘firat qilinmasa, uning ham burni yerga ishqalansin”, deb duo qildi, men “Omin”, deb javob qildim, deb aytdilar (Imom Buxoriy va Imom Termiziy).

“Burni yerga ishqalansin”, deb tarjima qilingan birikma “xor bo‘lsin, yuztuban bo‘lsin” degan ma’noda ishlatiladi. 

Ushbu hadisi sharifda uchta muhim vazifaning bajarilishi mutlaqo shartligi haqida ogohlantirish berilmoqda.

Birinchisi, Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam)ga salavot va salom aytish. Alloh tao­lo bunday marhamat qiladi:        

“Albatta, Alloh va Uning farishtalari Payg‘ambarga salovot ayturlar. Ey iymon keltirganlar! Siz ham unga salovot ayting va salom yuboring.” (“Ahzob” surasi, 56-oyat) 

“Arab tilida “salovot” so‘zi “salot”ning jami bo‘lib, duo ma’nosini anglatadi. Arabchada namoz ham “salot” deyiladi. Chunki namozda ham duo ma’nosi bor. Ammo “salot” Alloh taolo tomonidan bo‘lganida “duo” ma’nosini yo‘qotadi. Alloh taoloning Payg‘ambarimizga (s. a. v.) salovot aytishining ma’nosi u zotga (s. a. v.) o‘z rahmatini yuborishi, ulug‘lashi, maqomlarini ko‘rsatishi va farishtalar huzurida sha’nlariga maqtovlar aytishini anglatadi.” (“Tafsiri hilol”) 

Abu Hurayra (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: “Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): “Kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh unga o‘n marta salavot aytadi”, dedilar” (Buxoriy).

Ushbu ko‘rsatmalarga muvofiq har bir mo‘min Payg‘ambarimizning ismlarini eshitganida: “Sollallohu alayhi va sallam” deb aytishi shariatimizda mustahab amallardan hisoblanadi. 

Ikkinchisi, ota-ona xizmatini qilish. Alloh taolo Qur’oni karimda ota-onaga yaxshilik qilish haqida bir necha oyati karimalarida buyurganini, jumladan, “Isro” surasining 23-oyatida “Rabbingiz, Uning O‘zigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi...” bilib oldik. 

Uchinchisi, eng muhim eslatma bu ramazon oyining ro‘zasini tutishlikdir. Alloh taolo marhamat qiladi:

Ey imon keltirganlar! Sizlardan oldingi(ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro‘za tutish farz qilindi, shoyad (u sababli)taqvoli bo‘lsangiz (Baqara, 183). Bu oyatdan ma’lum bo‘ladiki, ro‘za tutish Odam (alayhissalom)dan to Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) davrlarigacha yashab o‘tgan barcha payg‘ambar va ular orqali jamiki bashariyat ahliga farz qilingan.

Ramazon oyi mo‘minlar uchun rahmat va mag‘firat oyidir. Uning cheksiz fazilatlarini sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Hadislarda bu oy kelishi bilan uning hurmatidan Alloh taolo jahannam eshiklarini yopib, bandalariga cheksiz rahmatini yog‘dirishi, ikkinchi o‘n kunligida gunohlar kechirilib oxirida esa onadan yangi to‘g‘ilgan go‘dakdek gunohlardan pok bo‘lib, do‘zax olovidan saqlanishidek ulkan imkoniyatlar pallasi ekani ma’lum qilingan. Bunday imkoniyatdan foydalanmagan inson ham Jabroil alayhissalomning duoi badiga giriftor bo‘lishi muqarrar ekani hadisda eslatilmoqda. 

Demak, Sarvari koinot sollallohu alayhi vasallam ota-onani rozi qilinglar, jannatga kirasizlar, Jannat onalarning oyog‘i ostida”,  dedilarmi bu da’vatga hech ikkilanmasdan bosh egishimiz, belni mahkam boylab ishga kirishishimiz shart bo‘ladi. Jabroil alayhisalomning duoi badiga giriftor bo‘lmaslik uchun, agar ularning birortalari hayot bo‘lsa ham hurmatlarini qozonib jannatni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. 

Iyos ibn Muoviyaning onasi vafot etganda, u kishi rosa yig‘laydi. Odamlar undan: “Sizni nima yig‘latdi?” deb so‘rashadi. Shunda u: “Mening jannat sari ochilgan ikkita eshigim bor edi. Ulardan biri berkildi” deb javob bergan ekan. 

Imomi G‘azzoliy o‘zining “Ihyou ulumiddin” asarida “Onaga qilingan yaxshilikning savobi farzandga ikki marta qilib beriladi” deydi. Keyin quyidagi rivoyatni keltiradi:

– Hazrati Muso alayhissalom Alloh bilan gaplashayotgan vaqtida Parvardigor huzuriga juda ham tez borgan, arshning soyasida turgan bir odamni ko‘rib qoladi va uning maqomini havas qiladi. Keyin “Bu odam harholda juda ham karamli bo‘lsa kerak” deb o‘ylaydi. Allohdan bu odamning ismini so‘raydi. Biroq Alloh taolo uning ismini aytmaydi  va:

– Lekin senga uning uchta amalini aytaman, – deb ularni sanab o‘tadi:

– Alloh lutf qilgan odamlarga hasad qilmasdi, ota-onasiga qarshi bormasdi, chaqimchilik qilmas edi. 

Quyidagi hadisi shariflarda ota-onani rizo qilish yo‘lida harakat qilgan kishi yana qanday mukofotlar bilan taqdirlanishi haqida xushxabarlar beriladi.

 

Ulug‘bek Sultonovning 
"Ota-onaga xizmat qilish 
odoblari" kitobidan olindi

O‘MI Matbuot xizmati

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ibodatga sarf qilingan pul qachon isrof hisoblanadi?

31.01.2025   1085   7 min.
Ibodatga sarf qilingan pul qachon isrof hisoblanadi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Keling, o‘zimizga bir necha savollar beraylik. Isrof nima? Ibodatga sarf qilingan pul qachon isrof hisoblanadi? Umraga borayotgan inson sadaqa qilishga majbur, Turkiyaga borayotganlarga bu shart emasmi? To‘yda ming dollarga mebel olish zarurat, qayta-qayta hajga borish ortiqcha ish bo‘lib qoldimi? O‘zi nafl haj va umralarga salafi solihlarimiz qanday qarashgan? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to‘rt marta umra qilganlarida Madinadagi barcha ehtiyojlarni ravo qilib, keyin ketganlarmi? Eng muhim savol: Dinga adovati bor kimsalar, musulmonlarning iymoniy ehtiyojlarini qachon ehtiyoj o‘rnida qabul qilasiz?

Ushbu kichik maqolamizda, qayta-qayta umra qiladigan insonlarni boshqa ehtiyojlarga pul ajratmaganlikda ayblashni shar’iy mezonda tahlil qilamiz. Haqiqatan ham islom dinida ko‘p bora umra qilish xush ko‘rilmaydimi? Bu muborak safarga mukkasidan ketish umrni va mablag‘ni isrof qilishga kiradimi? Avvalo, isrof nimaligiga biroz to‘xtalsak.

Isrof nima? Isrofga bir qancha ta’riflar berilgan. Shulardan asosiy uchtasini keltiramiz:

Isrof – to‘xtash talab etiladigan chegarani buzib o‘tishdir (Tafsiru g‘aribil Qur’an, 3/147)

Isrof – shariatda man qilingan har qanday ishni qilishdir (Ta’vilotu ahli sunna, 3/25)

Imom Jurjoniy: Arzimagan ishga ko‘p pul sarflash isrofdir, degan (Mavsu’atul axlaqil islamiya, 2/109)

Demak, nafl umra qiluvchilarni isrofgarlikda ayblaydiganlar nazdida umra arzimagan ish ekan. Darvoqe, bir tanishim ikki marta Tayland davlatiga besabab borib, bir nechta umraning pulini ishlatib kelganda bironta odam uni isrof qilganlikda ayblamadi, aksincha, dam olib keladi-da, deyishdi. Endi o‘ylab ko‘ring, sohil bo‘yida dam olish ehtiyoju, iymoniy hirsini qondirish ehtiyoj emasmi?

Yuqoridagi ta’riflardan ma’lum bo‘ladiki, to‘xtash talab etilgan chegaradan narisi isrof hisoblanar ekan. Shariatda umraning chegarasi bormi? Biron kitobda falon adaddan keyingi umra makruh deyilganmi? Istinjoda ko‘proq tosh ishlatishning hukmiga to‘xtalib o‘tgan shariat umraning adadiga ham to‘xtalishi kerak edi. Biroq nega sukut qildi. Chunki Allohning nazdida bu ibodatning isrof adadi yo‘q. Aksincha, umrani qayta-qayta qilishga ishora qiluvchi hadis bor: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Umra keyingi umraga qadar oradagi gunohlarga kafforatdir. Mabrur hajning mukofoti faqat jannatdir” deganlar. (Muttafaqun alayh).

Takror haj yoki umra qilish o‘rniga muhtojlarga yordam berish borasida salafi solihlarning munosabatlari qanday bo‘lgan?

Abdurazzoqda keladi: Tovusdan so‘rashdi: Nafl haj afzalmi yo sadaqami? U kishi hajning afzal ekaniga ishora qilib: “Safar, bedorlik, tik oyoqda yurish, Baytni tavof qilish, Bayt oldida namoz o‘qish qayerda-ya” dedi.

Bu masalaga mazhabboshi mujtahidlar xulosasi quyidagicha bo‘lgan:

  1. Shayx Taqiyyuddin: Haj sadaqa qilishdan afzaldir. Ahmadning qavli ham shu”, degan (Al-insof, 7/315).
  2.  Abu Hanifa: “Nafl haj sadaqadan yaxshidir” degan. (U’yunul masoil, 332). Ibn Obidin: “Abu Hanifa hajdagi mashaqqatlarni ko‘rib, nafl haj sadaqadan afzal degan so‘zga qaytgan. Shuning uchun sadaqa qilmoqchi bo‘lgan puli evaziga haj qilgani afzal” (Raddul muhtor, 6/662).
  3. Molik aytdi: Haj sadaqadan afzal, illo ochlik yetgan davrda sadaqa afzal. (Zaxira, 2/290)

(Bu qavllarda nafl haj haqida gap ketmoqda. Zotan, farz hajning sadaqadan ustun ekani kundek ravshan).

Nafl hajning sadaqadan afzal ekani barcha ulamolar bir ovozdan aytgan qavl emas, albatta. Ba’zi olimlar nazdida nafl umra yoki haj o‘rniga sadaqa qilishi mustahab. Biroq shuni unutmangki, sadaqa qilmay umra qilayotgan inson uzog‘i borsa, mustahab amalni tark qilayotgan bo‘ladi. Holbuki, bir kishi mustahab amalni tark qilgani uchun birov unga tanbeh berish mumkin emas, illo qo‘l ostidagi kishilarga mumkin (Anvarshoh Kashmiriy, Fayzul Boriy, 2/406).

Albatta, ocharchilik kelsa, boshqalarga yordam berish hatto farz hajdan ham afzal bo‘lishi mumkin. Biroq bizning jamiyatimizdagi holat ocharchilik zamoniga tushmaydi. Qanchadan qancha oilalar och-ku, deyishingiz mumkin. Biroq bu holat doim bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘ladi. Qolaversa, nega o‘sha och oilalar o‘zingiz tansiq taomlarni paydar-pay yeganingizda esingizga kelmay, birov ibodatga bormoqchi bo‘lganda tinchingizni buzadi?!

Ibrohim alayhissalom ahli va farzandini Makkaga tashlab kelib, Alloh taologa shunday duo qiladi: “Bas, Sen O‘zing odamlarning dillarini ularga moil qilib qo‘ygil” (Ibrohim surasi, 37-oyat).

Aytingchi, ba’zi musulmonlarning Makkaga muhabbati qattiq bo‘lsa, har yili umra qilib kelmasa qalbi xotirjam bo‘lmasa, bu Ibrohim alayhissalomning ayni duolariga mos holat emasmi?  Oyat tafsirida Suddiy: “Oyat musulmonlarning qalblarini Makkaga talpinadigan qilgin, degan ma’noda” degan.

Ha, bizning Makkaga mukkamizdan ketishimiz Ibrohim alayhissalomning duosi ijobatidir. Ibrohim o‘sha duoda qayta-qayta borishni emas, balki shunchaki mushtoq bo‘lib yashashimizni so‘ragan, desangiz, unda Ibrohim bizga azobni so‘ragan ekanda. Zotan, visolsiz ishtiyoq azobdan boshqa narsa emas.

Islomning ustuni bo‘lgan zotlar necha marta umra va haj  qilishganini bir sira ko‘rib chiqib, maqolamizni yakunlaymiz.

  1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 4 marta umra, bir marta haj qilganlar (Buxoriy rivoyati).
  2. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Rasululloh hayotlik paytlaridayoq ikki marta haj qilgan.
  3. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu o‘n marta, ba’zi qavllarga ko‘ra to‘qqiz marta haj qilgan.
  4. Usmon roziyallohu anhu ham to‘qqiz marta haj qilgan.
  5. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu ming marta umraoltmish marta haj qilgan (An-najmul vahhaj, 10/462)
  6. Jannat rayhoni, Rasulullohning nabiralari Hasan ibn Aliy roziyallohu anhu yigirma marta haj qilganlar
  7. Amr ibn Maymun (Abu Bakr va Umardan hadis rivoyat qilgan katta tobe’in) yuz marta umra qilgan.
  8. Yosin ibn Abdulloh yigirma marta haj qilgan.

Bu ro‘yxat shunchalik uzunki, yig‘sangiz kitob bo‘ladi. Undan ko‘ra, nafl haj va nafl umra qilmaganlarni sanash osonroq bo‘lsa kerak. Endi o‘ylab ko‘ring, ularning zamonida jamiyatda pulga muhtojlar yo‘qmidi? Faqirlar tugaganmidi? Yo‘q, albatta. Lekin biron olim ularni birovga pul bermasligda ayblagan emas.

Birodarlar! Bu tahlilimizdan maqsad birovni qayta-qayta umraga borishga targ‘ib qilish emas. Balki umraga borayotganlarni tanqid qilayotganlarni ogohlantirish. Har kim o‘zi topgan puliga o‘zi xo‘jayin. O‘zingiz zarur bo‘lmagan narsalarga pul sarflab turib, ko‘zingizga birovning umra puli ko‘rinmasin. Buni inson o‘zi ilg‘amasa-da, tagida hasad va adovat yotadi. Qalbingizni keng qiling. Qalbi Makka yoki Madinaga bog‘lanib qolganlardan kir izlamang, aksincha, “Muhabbati kuchli-da”, deb qo‘ying bas. “Odamlar boshqa niyatda umra qilishga o‘tib ketishyapti” degan vajh ham o‘tmaydi. Bu muammo odamlarni umradan sovutish bilan hal bo‘lmaydi, balki ularga ixlosni o‘rgatish kerak. Zotan, yomon niyatda namoz o‘qiydigan odamni namozni tark etishga chaqirilmaganidek, boshqa ibodatlardan ham turli bahonalar bilan odamlarni qaytarish joiz emas.
 

Abdulbosit Abdulvohid

Maqolalar