Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Avgust, 2025   |   20 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:03
Quyosh
05:31
Peshin
12:33
Asr
17:21
Shom
19:28
Xufton
20:49
Bismillah
14 Avgust, 2025, 20 Safar, 1447

Televizordagi Baytul Haramga qarab iqtido qilsa bo‘ladimi?

30.03.2018   9364   1 min.
Televizordagi Baytul Haramga qarab iqtido qilsa bo‘ladimi?

Savol: Televizorga qarab Baytul Haramda o‘qilayotgan namozlarga, jumladan, taroveh namoziga iqtido qilsa bo‘ladimi?

Javob: Yo‘q. Chunki u holda jamoat shartlari mavjud emas.

O‘MI Matbuot xizmati

Fiqh
Boshqa maqolalar

Agar gapida tursa, najot topadi

28.07.2025   7292   2 min.
Agar gapida tursa, najot topadi

حدثنا عيسى بن أحمد العسقلاني نا ابن وهب حدثني مالك عن عمه أبي سهيل عن أبيه قال: سمعت طلحة بن عبيد الله يقول: جاء رجل من أهل نجد ثائر الرأس نسمع دوي صوته ولا نفقه ما يقول حتى دنا فإذا هو يسأل رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم عن الإسلام فقال: خمس صلوات في يوم وليلة.

 قال: هل علي غيرها  قال:  لا إلا أن تطوع قال رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم: وصيام رمضان . قال: هل علي غيره  قال رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم: لا إلا أن تطوع قال: وذكر له رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم الزكاة فقال: هل علي غيرها فقال: لا إلا أن تطوع. فأدبر الرجل وقال: والله لا أزيد على هذا ولا أنقص منه فقال رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم: أفلح إن صدق.

Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhu aytadi: “Najd ahlidan sochlari to‘zigan bir kishi keldi. Ovozining g‘o‘ldirashini eshitardik, nima deyotganini esa tushunmasdik.

Keyin u yaqin keldi. Bilsak, Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamdan Islom haqida so‘rayotgan ekan.

Shunda u zot: “Bir kecha kunduzda besh mahal namoz”, dedilar. “Zimmamda yana bundan boshqasi ham bormi?” dedi.

U zot: Yo‘q, lekin o‘z ixtiyoring bilan qilishing (mumkin)”, dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: “Ramazon ro‘zasini tutish ham”, dedilar.

“Zimmamda bundan boshqasi ham bormi?” dedi. Yo‘q, lekin o‘z ixtiyoring bilan qilishing (mumkin)”, dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam unga zakotni zikr qildilar. “Zimmamda bundan boshqasi ham bormi?” dedi u.

U zot: Yo‘q, lekin o‘z ixtiyoring bilan qilishing (mumkin)”, dedilar. Shunda o‘sha odam: “Allohga qasamki, bundan ziyoda ham qilmayman, kam ham qilmayman”, deya orqaga qaytdi.

Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: Agar gapida tursa, najot topadi”, dedilar.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi