Ismlari Talha ibn Ubaydulloh ibn Usmon ibn Umar ibn Ka’b ibn Sa’ad Tayim ibn Murradir. Jannat bashoratini olgan o‘n sahobaning birlari, milodiy 595 yilda tavallud topganlar. Kunyalari: “Abu Abdulloh”. “Abu Muhammad”, deganlar ham bor. “Talhatul-xayr” (xayr-saxovatli Talha) nomi bilan mashhur edilar. Talha roziyallohu anhu qizg‘ish oq yuzli, o‘rta bo‘yli, keng yelkali inson edilar. Talha roziyallohu anhu Jamal voqeasi kuni 58 yoshida vafot etdilar. U zotning janozalarini Ali roziyallohu anhu o‘qidilar.
Orif AHMЕDOV
tayyorladi
O‘MI Matbuot xizmati
Savol: Besh vaqt namozda imomga iqtido qilganimizda, Fotiha va zam suralarni o‘qimaymiz. Janoza namozida qanday yo‘l tutamiz? Unda ham quloq qoqqandan keyin jim turamizmi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Janoza namozida besh vaqt namozdan farqli ravishda, imomga iqtido qilganlar to‘rt takbirni va sano, salavot hamda duolarni o‘qiydi. Ya’ni birinchi takbirdan keyin sanoni, ikkinchi takbirdan keyin salavotni, uchinchi takbirdan keyin janoza duosini o‘qiydi. To‘rt takbir janoza namozining rukni ya’ni farz, boshqa zikrlar esa, sunnat hisoblanadi. Agar iqtido qilganlar takbirni ham, boshqa zikrlarni ham aytmay, jim tursa, janoza o‘qigan hisoblanmaydi. Agar takbirlarni aytsa-yu, boshqa zikrlarni aytmasa, sunnatni tark etgan bo‘ladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.