Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Yanvar, 2025   |   20 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:44
Peshin
12:39
Asr
15:43
Shom
17:28
Xufton
18:45
Bismillah
20 Yanvar, 2025, 20 Rajab, 1446

73 firqaning chiqishiga asos bo'lgan 6 firqa

23.05.2023   935   2 min.
73 firqaning chiqishiga asos bo'lgan 6 firqa

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Yahudiylar etmish bir yoki etmish ikki firqaga bo'lindilar. Nasorolar etmish bir yoki etmish ikki firqaga bo'lindilar. Mening ummatim esa etmish uch firqaga bo'linadi”, dedilar.

Boshqa bir rivoyatda: “Yetmish ikkitasi do'zaxda, bittasi jannatda. U – jamoatdir” iborasi ziyoda qilingan (Imom Abu Dovud, Imom Termiziy rivoyati).

Ushbu hadisda va shu ma'nodagi boshqa hadislarda zikr qilingan firqalardan murod aqiydaviy firqalardir, bu erda fiqhiy mazhablar nazarda tutilmagan.

Fiqhdagi ixtilof, sirtdan xilof bo'lib ko'ringan narsa aslida bir narsani ado etishning turli ko'rinishlaridir. E'tiqoddagi bo'linish esa firqachilik deb nomlanadi. Ba'zi firqalar boshqasini kofirga chiqaradi. Firqalarning kelishmovchiliklari tavhid asoslari, qazoi qadar, Payg'ambarlik shartlari kabi masalalarda bo'ladi. Aqiyda kitoblarida ana o'sha firqalarning asosini quyidagi olti firqa tashkil etishi aytilgan:

  1. Rofiziylar – shialar va ularga tobe'lar.
  2. Jahmiya – Jahm ibn Safvonning aqiydaviy firqasiga ergashganlar. Ular asosan Alloh taoloning sifatlarini yo'qqa chiqarish, amaldan qoldirish bilan mashhur bo'lganlar.
  3. Haruriya – Havorijlardan bo'lib, Kufa yaqinidagi Haruro degan joyda turganlar. Ular gunohkor mo'min do'zaxda abadiy qoladi, gunohi kabira qilgan mo'min esa kofirdir, deydilar.
  4. Murji'alar – “Kalimai tavhidni til bilan aytib, dil bilan tasdiqlasa bo'ldi, amalning keragi yo'q”, deganlar.
  5. Qadariya – qazoi qadarni inkor qiladiganlar.
  6. Jabariyalar – “Inson hamma ishlarini majbur holda qiladi, uning ixtiyori yo'q”, deganlar.

Mansurjon BOBOYeV,

Navoiy viloyati “Mirxalil Maydon ota” jome masjidi imom-xatibi.

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Qur’on o‘qishda a’uzu va basmalani aytish

17.01.2025   7967   1 min.
Qur’on o‘qishda a’uzu va basmalani aytish

Savol: Qur’on o‘qiyotganda farzandlar shovqin qilib qolsa, ularga jim bo‘linglar deyiladi-da, keyin yana Qur’on tilovatida davom etib ketiladi. Shunda qayta a’uzu yoki bismillah aytiladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu holatda "A’uzu billahi minash-shaytonir-rojiym"ni aytib tilovatni davom ettirish mustahabdir. Chunki Qur’on tilovati asnosida qiroatga aloqasi bo‘lmagan gaplarni gapirsa, qiroatni a’uzuni aytib davom ettiradi. Agar Qur’on qiroatiga aloqador gaplarni gapirgandan keyin qiroatni davom ettirsa, a’uzuni aytmasdan davom etaveradi. Bu ikki holatda ham "bismillah" aytilmaydi (“An-nashr fil qiroatil ashr” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar