Sayt test holatida ishlamoqda!
18 May, 2025   |   20 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:25
Quyosh
05:02
Peshin
12:24
Asr
17:26
Shom
19:41
Xufton
21:11
Bismillah
18 May, 2025, 20 Zulqa`da, 1446

Missionerlar domiga tushgan 50 ga yaqin shaxs iymonga qaytdi

28.03.2018   3210   2 min.
Missionerlar domiga tushgan 50 ga yaqin shaxs iymonga qaytdi

Bugun, 28 mart kuni Toshkent shahridagi "Shayx Zayniddin" masjidida imkoniyati cheklangan shaxslar ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Tadbirning o‘ziga xos jihati shundaki ushbu tadbirda nogironligi va e’tiborning sustligi sababli missionerlik guruhlari domiga tushib qolgan imkoniyati cheklangan shaxslar ishtirok etdilar. Ularga muqaddas Islom dini haqida surda tarjimonlar yordamida ma’lumotlar berildi.

“Men din yo‘lida qattiq adashganligimni bildim, iymon keltirib haq dinga qaytish niyatim bor!”- deya ko‘zlariga yosh olgan bu yigitning so‘zlari qalb tubidan chiqqan edi. Qo‘lini yuragi ustiga qo‘yib, imo-ishora bilan “Laa ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh” kalimasini keltirar ekan, ko‘zlarida yosh bilan o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Alloh taologa behisob shukrlar bo‘lsinki, 2 oydan beri imkoniyati cheklanganlar (kar, soqov) bilan olib borilayotgan tadbirlarda 50 yaqin ayol-erkaklar missionerlikdan islom diniga qaytishdi.

2018 yil 28 martda o‘tkazilgan tadbirda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shuhrat Turdiqulov imkoniyati cheklanganlar bilan ularni qiynayotgan muammolar haqida suhbat olib borildi. Muammolar borasida yoshlarni ish bilan ta’minlash, arab tili grammatikasini o‘rganishni hoxlovchilarga kurslar ochish, tibbiy operatsiyalar uchun moddiy yordam berish kabi masalalar ko‘rildi.

Imkoniyati cheklanganlar orasidan so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatiga, Toshkent shahar hokimligi va “Ayollar maslahat markaz”lariga, Toshkent shahar vakilligiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Olib borilayotgan tadbirlarda ularga ham boshqa insonlarga o‘xshab e’tibor berilayotgani, suhbatlar natijasida oilaviy nizolarning barham topayotgani, asosiysi islom dini haqida yetarli ilm olayotganliklarini izhor qilishdi.

O‘MI Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Juma kuni sadaqa berishning fazilati

16.05.2025   3023   1 min.
Juma kuni sadaqa berishning fazilati

Ibn Qoyyim rahimahulloh: “Juma kunida sadaqa berishning haftaning boshqa kunlariga nisbatan fazli, Ramazon oyida sadaqa berishning boshqa oylarda sadaqa berishga nisbatan fazli kabidir”, dedi.  

Juda oz bo‘lsa ham, kuniga sadaqa qilishni odat qil. Chunki sadaqa:
• Allohning g‘azabini o‘chiradi;
• kasallikka davo bo‘ladi;
• mol-mulkingni poklaydi;
• Qiyomat kuni soya bo‘ladi;
• inson vafotidan keyin ham ajr-savobni ko‘paytirib turadi.