Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Fevral, 2025   |   12 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:04
Quyosh
07:23
Peshin
12:42
Asr
16:10
Shom
17:55
Xufton
19:09
Bismillah
11 Fevral, 2025, 12 Sha`bon, 1446

Kuvaytda xalqaro Qur’on musobaqasi 10 aprelda boshlanadi

28.03.2018   3261   1 min.
Kuvaytda xalqaro Qur’on musobaqasi 10 aprelda boshlanadi

Kuvaytning Adliya va din ishlari vaziri Doktor Fahad Al-Afasi mamlakatning 9-xalqaro Qur’on musobaqasi 10 aprel kuni boshlanishini e’lon qildi. 

“KUNA” agentligining xabar berishicha, xalqaro musobaqa Amir Shayx Saboh Al-Ahmad Al-Jabir Al-Saboh homiyligida o‘tkaziladi. 

Musobaqadan ko‘zlangan maqsad arab va musulmon davlatlarida yashovchi Qur’oni Karimni yod olish bilan shug‘ullanganlar orasida g‘oliblarni aniqlash, yosh avlodga Qur’on tilovati va ilmlarini o‘rgatishda imomlar roliga e’tiborni qaratish, shuningdek, Qur’oni Karimni yod oluvchilarni rag‘batlantirishdan iborat ekanini aytib o‘tgan. 

Vazir Al-Afasi joriy yilgi musobaqadan ko‘proq odam manfaat ko‘rsin, degan maqsadda xorij davlatlardan imkon qadar Qur’onni yod olgan ko‘p vakil ishtirok etishini ta’minlashga harakat qilinayotganini so‘ziga qo‘shimcha qilgan.

 

O‘MI Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Iymon keltirganlarga najot beriladi

7.02.2025   12591   1 min.
Iymon keltirganlarga najot beriladi

فَلَمَّا جَاءَ أَمْرُنَا نَجَّيْنَا صَالِحًا وَالَّذِينَ آمَنُوا مَعَهُ بِرَحْمَةٍ مِّنَّا

Amrimiz kelgan paytda rahmatimiz ila Solihga va u bilan birga iymon keltirganlarga najot berdik (Hud surasi, 66-oyat).

“Rahmatimiz ila” degan joyini taammul qiling.

Ziqlik ketidan xursandchilik keldimi, demak Allohning rahmati bilan.

Bemorlik ketidan shifosi keldimi, dori yo shifokor emas, Allohning rahmati bilan bo‘libdi.

Ishsizlik ketidan jo‘yali ish chiqdimi, diplom yo tajribangizdan emas, balki Allohning rahmati bilan ekan.

Umidingiz uzilganda farzandli bo‘ldingizmi, zo‘r shifoxonadan emas, Allohning rahmatidandir.

 

Bu dunyo sabablari Alloh izn bermasa, hech narsaga yaramaydi.

Ko‘rib turibmizku, minglab kasallar davolansa ham tuzalmayapti.

Qancha oliy ma’lumotlilar ishsizlikdan aziyat chekyapti.

Oila hammada bor, lekin farzand...

Huzuringizdagi barcha ne’matning muallifi Allohdir. Shunday ekan fazl qilgan Zotning fazlini e’tirof eting.


Sharqoviy. Qurondan maktublar”.