frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Naqadar baxtlisiz-a, ey, Abdurahmon ibn Avf?!

28.03.2018   8903   1 min.
Naqadar baxtlisiz-a, ey, Abdurahmon ibn Avf?!

Tabuk g‘azoti kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tahorat olishga chiqdilar. Rasulimiz tahorat olayotgan paytlarida namoz vaqti kirib qoldi. Shunda, sahobiylar namozga qoim bo‘ldilar, ularga Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu imomlikka o‘tdi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tahorat olib bo‘lib, kelib qarasalar namoz boshlangan, shunda jamoatga qo‘shilib bir rakaatga ulgurdilar va qolganini o‘zlari o‘qib oldilar. O‘qib bo‘lgach: nabiy vafot etmasdan turib, solih ummatlaridan birining ortida namoz o‘qidi, dedilar.

Ey, Abdurahmon ibn Avf naqadar baxtli sahobasiz-a?! Siz, nafaqat,  Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ortlaridan namoz o‘qidingiz balki Rasululloh alayhissalom ham sizning ortingizdan namoz o‘qidilar va sizni solih ummatim deb atadilar.

Alloh  taolo Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhudan rozi bo‘lsin!

 

“Sifatus Sofva” kitobidan

Yahyo ABDURAHMANOV

tarjimasi

O‘MI Matbuot xizmati

Siyrat va islom tarixi
Boshqa maqolalar

Janozada imomga iqtido qilgan kishi nima o‘qiydi?

23.06.2025   7717   1 min.
Janozada imomga iqtido qilgan kishi nima o‘qiydi?

Savol: Besh vaqt namozda imomga iqtido qilganimizda, Fotiha va zam suralarni o‘qimaymiz. Janoza namozida qanday yo‘l tutamiz? Unda ham quloq qoqqandan keyin jim turamizmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Janoza namozida besh vaqt namozdan farqli ravishda, imomga iqtido qilganlar to‘rt takbirni va sano, salavot hamda duolarni o‘qiydi. Ya’ni birinchi takbirdan keyin sanoni, ikkinchi takbirdan keyin salavotni, uchinchi takbirdan keyin janoza duosini o‘qiydi. To‘rt takbir janoza namozining rukni ya’ni farz, boshqa zikrlar esa, sunnat hisoblanadi. Agar iqtido qilganlar takbirni ham, boshqa zikrlarni ham aytmay, jim tursa, janoza o‘qigan hisoblanmaydi. Agar takbirlarni aytsa-yu, boshqa zikrlarni aytmasa, sunnatni tark etgan bo‘ladi. Vallohu a’lam.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.