Avvalroq, O‘zbekiston musulmonlari idorasida Shayx Muhammadsodiq Muhammadyusuf xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tgani va ushbu tadbirda Shayx hazratlarining farzandlari ishtirok etgani haqida xabar bergan edik. Ushbu tadbirda yurtimizda chop etilgan Qur’oni karimning har biri 31 ming so‘mdan sotilishi tavsiya etilgan edi. Sotuv jarayoni 28 mart kuni boshlanishi ma’lum qilingan edi.
Bugun "Hilol nashr" matbaa-nashriyoti do‘konlarida chop etilgan Qur’oni karimning sotilishi boshlandi. Vakillarimiz sotish jarayonidan fotolavhalarni Siz aziz muxlislarimizga taqdim etamiz. Yuzlab Qur’on muxlislarining navbatda turganini ko‘rib, Mus'hafga nisbatan vatandoshlarimizning muhabbati qanchalik yuqori ekanini kuzatish mumkin.
Bunday hollarda odob saqlagan holda, musulmon kishining o‘z birodariga ozor yetkazmasligi, navbatda turganda ayollar va nuroniy kishilarga ko‘mak ko‘rsatishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
O‘MI Matbuot xizmati
#Umra_2025 #Haj_umra_markazi
Ayni paytda “Umra – 2025/2026” mavsumining ilk guruh ziyoratchilari muborak diyorda ibodat va ziyoratlar bilan mashg‘ul bo‘lmoqda.
Xususan, hamyurtlarimiz ixlos va zavq ila umra amalining tavof va sa’ylarini ado etdilar.
Shuningdek, Makka shahridagi Arafot, Nur, Savr tog‘lari hamda Mino, Muzdalifa vodiylarini ziyorat qildilar.
Alloh taolo hamyurtlarimizning ibodat va duolarini qabul qilsin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati