Tataristonning Qozon shahrida bugun ilk turkiy filmlar xalqaro festivali o‘z ishini yakunlamoqda. Bu haqda «Anhor.uz» xabar bermoqda.
Festivalda Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkmaniston kino san’ati vakillari qatnashmoqda.
Festival g‘oliblar va mukofotlar bo‘lmaydi. Uni o‘tkazishdan maqsad tomoshabinlarga turkiy tilli davlatlar kinematografiyasining eng yaxshi yutuqlarini namoyish etish hamda ushbu davlatlar uchun umumiy kinobozor tashkil qilishdan iborat.
O‘zbekistonlik rejissyor Qamara Kamolova 22 mart kuni festival doirasida o‘zining «Osmonlar ostidagi yo‘l» filmini tomoshabinlarga taqdim etdi.
Festival ko‘chma bo‘lib, u har yili turli mamlakatlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati
Savol: Mo‘miyo halolmi? Uni iste’mol qilsa bo‘ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ha, mo‘miyo halol va uni iste’mol qilish joiz. Mo‘miyo tog‘ jinsidan sizib chiqadigan quyuq modda bo‘lib, tabobatda qadimdan ishlatib kelingan. Shar’iy jihatdan esa, u tog‘ jinsidan sizib chiqadigan tabiiy modda va zararsiz ekanligi e’tiboridan iste’moli halol hisoblanadi. Zero, dinimizda: “Narsalar aslida muboh (halol)dir”, degan qoida bor.
Bundan ma’lum bo‘ladiki, barcha narsalar inson uchun yaratilgan bo‘lib, ulardan foydalanish halol. Qat’iy dalil sobit bo‘lmagunicha hech bir narsa harom bo‘lmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh kitobida halol qilgan narsa halol, harom qilgan narsa harom, sukut qilgan narsa afv (etilgan)dir. Allohdan ofiyatni so‘ranglar, chunki Alloh esdan chiqarguvchi emas”, deganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).
Ya’ni Alloh taolo ba’zi narsalar borasida halol yoki harom, degan hukmni bayon qilmagan. Shuning uchun ham ular mubohlik hukmida qolaveradi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.