V'etnamning Yaponiyadagi elchisi Fam Quang Hiyeu mamlakat halol sanoati sohasida islom davlatlari bilan aloqalarni rivojlantirishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.
Bu haqda u 2030 yilgacha V'etnamda halol sanoatini rivojlantirish bo'yicha xalqaro hamkorlikni oshirish rejasini amalga oshirish haqida so'nggi matbuot interv'yusida aytib o'tdi.
“Ushbu loyiha halol sanoatini kompleks tarzda qurish va rivojlantirish uchun xalqaro resurslarni safarbar qilish bo'yicha milliy darajadagi yo'nalishlarni belgilab beruvchi birinchi reja”, - deya qo'shimcha qildi u.
V'etnamning ushbu rejasi iqtisodiy diplomatiyani amalga oshirish, jahon halol bozoridan foydalanish va barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun yangi yo'l ekanini ta'kidlab o'tdi.
O'MI Matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Sergeli tuman hokimligi hamda Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamkorligida Sergeli tumanidagi 104-maktabda "Xo‘ja Alambardor" jome masjidi imom-xatibi Ustoz Rahimberdi domla Rahmonov ishtirokida "Qipchoq" va "Saxovat" MFYda istiqomat qiluvchi ota-onalar va aholi vakillari bilan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida jaholatning jamiyat rivojiga yetkazadigan salbiy oqibatlari, ilm-ma’rifatning esa inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi. Islom dinining asl insonparvarlik tamoyillari, ilm va adolatga chaqiruvchi mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ota-onaga hurmat va ularga xizmat qilishning fazilati, farzand tarbiyasidagi ma’rifat va Vatanga sadoqat ruhini shakllantirishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Tadbir so‘ngida aholi tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
t.me/marifiymarkaz