Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Yanvar, 2025   |   8 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:30
Shom
17:14
Xufton
18:33
Bismillah
08 Yanvar, 2025, 8 Rajab, 1446

Ko‘zi ojiz odam imomga o‘tsa bo‘ladimi?

23.03.2018   8874   1 min.
Ko‘zi ojiz odam imomga o‘tsa bo‘ladimi?

Ko‘zi ojiz odam, agar olim bo‘ladigan bo‘lsa, uning janoza namozi o‘qishi ham, boshqa namozlarni o‘qib berishi ham joizdir. 

Fiqh kitoblarida ko‘zi ojiz odamning mukammal tahorat qilishi qiyin kechgani sababli uning imom bo‘lmasligi avlo, deyiladi. Biroq undan ko‘ra boshqa imomlikka loyiq kishi topilmasa, uning imom bo‘lishi yaxshidir. Chunki ilmli odam ko‘zi ojiz bo‘lsa ham parhezkor bo‘ladi, odamlarda shubha uyg‘otadigan ishlar qilmaydi. 

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) Madinadan safarga chiqqanlarida ko‘zi ojiz bo‘lsa ham Abdulloh ibn Ummi Maktum (roziyallohu anhu)ni o‘z o‘rinlariga qo‘yib ketar edilar. U sahobalarga namoz o‘qib berardi (Imom Abu Dovudning Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyati). 

Demak, ko‘zi ojiz odamning namozi, agar u imomlikka loyiq va munosib bo‘lsa, durustdir.

 

“So‘ragan edingiz” kitobi asosida tayyorlandi

O‘MI Matbuot xizmati

Fiqh
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Kiyimimda qon asoratini ko‘rib qoldim

7.01.2025   1512   1 min.
Kiyimimda qon asoratini ko‘rib qoldim

Cavol: Kiyimimni almashtirganimda ichki qismida qon asoratini ko‘rib qoldim. Qarasam badanimda yara paydo bo‘lgan ekan. Ushbu yara qachon chiqqan, qon qachon kiyimimga tekkanini bilmayman. Shunda men necha kunlik namozlarimni qayta o‘qishim kerak?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Kiyimga qon qachon tekkanini bilmagan kishi avvalgi namozlarini qayta o‘qimaydi. Chunki najosat tekkani kiyim egasi yoki boshqa kishiga aniq ko‘rinmagunicha bu kiyim pok hukmida bo‘ladi. Shuning uchun najosat tekkani bilingan vaqtdan nopok bo‘ldi, deb hisoblanadi ("Majrol-anhur a’la Multaqol-abhur" kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.