Sayt test holatida ishlamoqda!
05 May, 2025   |   7 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:45
Quyosh
05:15
Peshin
12:25
Asr
17:19
Shom
19:28
Xufton
20:52
Bismillah
05 May, 2025, 7 Zulqa`da, 1446

Dunyoni o‘zgartirgan ixtirolar

22.03.2018   12647   6 min.
Dunyoni o‘zgartirgan ixtirolar

Avvalo, kashfiyot deb o‘rganganlarimizni ixtiro deb yozganimiz sababi haqida ikki og‘iz so‘z. Kashfiyot so‘zining ma’nosi bilganingizdek kashf etmoqdir. Masalan, Kolumb Amerika qit’asini kashf etdi deganda Kolumb Amerika qit’asini bir narsani bir narsaga qorishtirib yasagani emas, uni izlab topgani tushuniladi. Nyutonning butun olam tortishish qonuni va Eynishteynning nisbiylik nazariyasi ham shunga o‘xshash hodisa. Demak, kashfiyot – tabiatda oldindan mavjud bo‘lgan hodisaning sirini ochishdir. Inson aqli bilan yaratilgan yangi bir narsaga esa ixtiro deb ataladi. Masalan, kompyuter  yasash uchun mavjud bo‘lgan ashyolarning har biri bir kashfiyot bo‘lishi mumkin, kompyuterning o‘zi esa o‘sha narsalar majmuasi bo‘lib inson zakosi tuhfasidir. 

Alifbo

Insoniyat tarixidagi eng mashhur ixtirolar haqida turli  millatlar orasida so‘rov o‘tkazilganda sayyoramiz aholisidan biror kishi butun dunyoni “larzaga” solgan ixtiro qaysi ekanini qat’iyatla aytib bera olmagan. Lekin ko‘pchilik alifboning yaratilishi dunyo sivilizatsiyasiga turtki bo‘lganini e’tirof etgan va xuddi ana shu ixtiro dunyoda birinchi o‘rinni egallagan. Ulardan harflar va so‘zlar tashkil topgan. Agar harflar, belgilar, so‘zlar, tillar bo‘lmaganda hech qanday ixtiro va texnologiyalar bo‘lmas edi.

Kitob

Yana bir so‘rovda inson zotining eng muhim ixtirosi deb raketa, chiroq, televideniye, radio, internet va hattoki irhone emas, kitob tan olingan. Chunki elektr yoki atom energiyasi yordamida harakatlanadigan kosmik kemalar, samolyotlar va shunga o‘xshash olamshumul kashfiyotlar va ixtirolarning asl sababchisi bu – kitobdir. Barchamiz guvohmiz, hattoki kompyuter, televideniya va boshqa eng ta’sirchan texnologiyalar ham kitob o‘rnini bosa olmadi. U qadimgi bilimlarning eng ishonchli tashuvchisi va unga hech qanday energiyaning ham keragi yo‘q. U hali ham insonlarni bilim va ma’rifat tomon yetaklashda peshqadamlik qilmoqda.

G‘ildirak

 
Ehtimol, g‘ildirakning ixtiro qilinishi ancha shov-shuvli nou-xau bo‘lgandir. Ba’zi g‘ildirakli texnikalar haqiqatan hayratlanarlidir. Masalan, eng tez yurar mototsikl 2.5 soniya ichida 100 kilometr soat tezlik oladi.

Kompyuter

 Applening birinchi kompyuteri

Dunyoni o‘zgartirgan ixtirolardan biri bu – kompyuter. Olimlar o‘tgan asrning 50 yillarida yaratgan, dastlabki kezlarda bahaybat mashinaga o‘xshash bo‘lgan “kompyuter”ning asosiy vazifasi kosmik uchish trayektoriyasini aniq hisoblab borish edi. Bu ixtironi dastlab hisoblash mashinasi deb atashdi. Axborot texnologiyalari bo‘yicha 230 dan ortiq ixtiroga patent olgan Stiv Jobs kompyuter dahosi, afsonaviy odam degan nom oldi. Uning dahosi tufayli faqat portativ kompyuterlar emas,  iPod pleyeri mobilnie iPhone mobil telefonlari ham yaratildi.

Kosmik korabllar va sun’iy yo‘ldoshlarning uchish trayektoriyasini,  ularning kosmosga ko‘tarilish tezligini to‘g‘ri hisoblash, yer qa’ridagi dolg‘alarni o‘rganish, tabiiy falokatlar sodir bo‘lishini oldindan aniqlash va tabiatda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni kuzatib borish, foydali konlarni izlab topish, atom stansiyalari ishini nazorat qilib borish – ana inson kompyuterni ixtiro qilgandan so‘ng qo‘lga kiritgan yutuqlarning arzimagan qismi. 

Avtomobil

Atigi ikkisida haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan injenerlar jamoasi yaratgan avtomobil

1937 yil Shvetsiyada tashkil topgan SAAB kompaniyasi dastavval faqat jangovor samolyotlar ishlab  chiqargan.  Ikkinchi jahon urushidan keyin kompaniya bozor talabiga mos  avtomobil chiqarishga qaror qiladi. Ulardan birinchisi – Ursaab edi. Bu avtomobilni o‘n olti nafar injener yaratgan. Eng qizig‘i, ular ilgari mutlaqo avtomobil yig‘magan va ularning atigi ikkisida haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan xolos.

Shapka – budilnik

 

 Metrodagi shapkacha    –   uyqu ichida bekatdan o‘tib ketmaslikning ajoyib usuli

Yaponiyada patent olgan bu shapkachani boshga kiyib oling, ko‘zni yuming-da, poyezdda tebranib bemalol uxlab ketavering. Uyqu ichida bekatdan o‘tib ketib qolmaslik uchun uning kerak bekatni belgilab qo‘yadigan maxsus tablichkasi bor. Shapka kiygan kishi qattiq uxlab qolgan taqdirda ham budilnik bong urib uni uyg‘otadi. Bu ishga kechikib yuradigan kishilar uchun rosa asqatadi.

Ignali budilnik

 Ignali budilnik inson zotining bema’ni ixtirolaridan biri

Uning qiyofasi odatdagi budilniklardan sira ham farq qilmaydi. Ammo uning tepasiga g‘ujum qilib gugurt cho‘pidek kichkina ignalar qadab chiqilgan. Hatto uyg‘oq va sergak odam ham uni bexos bosib olishi hech gap emas.

Anesteziya

 Anesteziyasiz oddiy jarrohlik amaliyotini o‘tkazishni tasavvur qilib bo‘lmaydi

«Anesteziya» atamasi aslida milodiy I asrda yashagan qadimgi rim farmakologlaridan biriga tegishli bo‘lgan. U mehrigiyohdan og‘riq qoldiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan ekstraktni ajratib olishga muvofiq bo‘lgan. Uning bu ixtirosi unut bo‘lib ketganmi, oradan bir necha asr o‘tib, og‘riqni qoldiruvchi dorini ingliz ximigi Xemfri Devi  ixtiro qilgan. Dietil efiri yordamida og‘riq sezish qobiliyatini yo‘qotish esa  doktor Morton ixtirosidir. Aynan shu kundan boshlab xirurglar og‘riqni nazorat qilishni o‘zlashtirib olgan.

Antibiotik

 Antibiotiklar ham tibbiyot taraqqiyotida  muhim rol o‘ynadi. Antibiotiklar insoniyatni epidemiyalar va o‘limga olib boruvchi kasalliklardan himoya qildi. Birinchi antibiotik hisoblangan pensillinni Aleksandr Fleming yaratdi va ana shu mo‘jizaviy dorisiga 1928 yil patent oldi.

                                                                                       Abdumalik JO‘RAQUL tayyorladi.

 

 


 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

"Yog‘ochli sardoba" – Sirdaryoning turizm salohiyatini ochuvchi noyob yodgorlik

02.05.2025   11838   2 min.

Sirdaryo viloyatida joylashgan tarixiy va madaniy obidalar orasida XVI asrga tegishli "Yog‘ochli sardoba" alohida ahamiyatga ega. Buxoro xoni Abdullaxon II davrida, 1580 yilda qurilgan mazkur gidrotexnik inshoot nafaqat o‘tmishdan darak beradi, balki hozirgi kunda viloyat turizm salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
 

Har bir tarixiy obida – xalqimiz tarixi va madaniyatining guvohi. Mirzacho‘l hududida joylashgan “Yog‘ochli sardoba” ham ana shunday noyob yodgorliklardan bo‘lib, uning me’moriy tuzilishi va muhandislik yechimi o‘z davrining ilg‘or bilimlariga tayanilganini ko‘rsatadi.


– Sardobaning gumbazsimon tuzilishi, 15 metrlik ichki diametri va 12 metr balandligi uni nafaqat amaliyotda samarali, balki arxitektura jihatdan ham o‘ziga xos namuna sifatida namoyon etadi. Yerdan ikki metr balandlikdagi tuynuklar, salqinlikni saqlovchi ventilyatsiya tizimi, simmetriyali qurilishi va devor qalinligining yuqoriga ko‘tarilgan sari yupqalashib borishi – bularning barchasi sardobaning betakrorligigidan dalolat beradi,– deydi tarixchi-arxeolog Solijon Qudratov.


Sardobaga arksimon kirish qismi orqali g‘ishtli zinapoyalardan foydalanib tushiladi. Kirish qismidagi yo‘lakcha ustidan esa xizmatchilar uchun maxsus xonalarga chiqish mumkin bo‘lgan aylanma zinapoya qurilgan.


So‘nggi yillarda mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgan bir paytda “Yog‘ochli sardoba” ham qayta tiklash ishlari doirasida o‘rganilmoqda. Ba’zi rekonstruksiya ishlari boshlangan bo‘lsa-da, ma’lum texnik va moliyaviy sabablarga ko‘ra, qurilish vaqtincha to‘xtab qolgan.


– Endi bu maskanni to‘liq ta’mirlab, turistik marshrutlarga qo‘shish, atrofida dam olish maskanlari, suv yo‘llari, mahalliy hunarmandchilik obyektlarini rivojlantirish rejalashtirilgan. Bunda davlat-xususiy sheriklik asosida yosh tadbirkorlarni ham jalb etish ko‘zda tutilmoqda, – deydi Sirdaryo viloyat hokimining o‘rinbosari Shohruh Isoqulov.


“Toshkent – Samarqand – Buxoro” magistral yo‘li bo‘ylab joylashgan “Yog‘ochli sardoba” hozirning o‘zidayoq sayohatchilar diqqatini o‘ziga tortmoqda. Shu bois, yaqin istiqbolda bu inshoot nafaqat tarixiy yodgorlik, balki madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladigan, mahalliy va xalqaro turizmni qo‘llab-quvvatlaydigan muhim markazga aylanishi, shubhasiz. 


G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

O'zbekiston yangiliklari