Imom Termiziy o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi talabalari “18 may – Halqaro muzeylar kuni” munosabati bilan ta'lim muassasasi 2-bosqich talabalari “Termiz arxeologiya muzeyi”ga sayohat uyushtirdi.
Termiz arxeologiya muzeyi mamlakatimizdagi yagona arxeologiya muzeyi bo'lib, ixtisoslashtirilgan muzeylardan biridir. Ushbu muzey shahrimizdagi ko'hna Surxon vohasining ming yillik tarixi qayta tiklanadigan diqqatga sazovor maskanlardan biridir.
Termiz arxeologiya muzeyi foye, 9 ta asosiy ko'rgazma zali, numizmatik ko'rgazma zali, yapon arxeologi Kato Kyuzoga bag'ishlangan ko'rgazma zali, kichik ko'rgazma zali va ayvon ostidagi galereyadan iborat. Muzeyda nodir qo'lyozmalar va adabiyotlar saqlanadigan kutubxona ham mavjud. Vestibyulda bronza davridan (miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklar) eramizning 15-asrigacha bo'lgan topilmalar bor;
Bu zalda paleolit, mezolit, neolit va eneolit davrlariga oid eksponatlar saqlanadi. II zal “Surxon vohasi bronza davrida” (miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklar) deb nomlanib, shu davrga oid eksponatlar namoyish etilgan. III xona “Qadimgi Baqtriya madaniyati” (miloddan avvalgi 1-ming yillik boshlari — miloddan avvalgi IV asr oxiri) deb nomlanib, Surxon vohasining oxirgi bronza va ilk temir davrlariga oid moddiy madaniyat namunalaridan iborat. IV zal – Iskandar Zulqarnayn va ellinistik davlatning Baqtriya madaniyati (miloddan avvalgi 329-yil – miloddan avvalgi 2-asr o'rtalari) Zalda Makedoniyalik Iskandarning bosqinidan to Yunon-Baqtriya podsholigining qulashigacha bo'lgan, o'zida mujassamlangan eksponatlar mavjud. Numizmatika ko'rgazmalar zalida numizmatikaga oid qimmatbaho buyumlar va topilmalar o'z o'rnini egallaydi. Ayvon ostidagi galereyada katta hajmdagi eksponatlar joylashgan. Kutubxonada 3700 dan ortiq qo'lyozma, tarixiy adabiyot va badiiy kitoblar mavjud. 2020-yil holatiga ko'ra, Termiz arxeologiya muzeyi fondidagi eksponatlarning umumiy soni 100 mingdan ortiq. Ulardan 70 mingdan ortiq arxeologiya va 30 mingga yaqin eksponatlar numizmatika fondiga tegishli.
O‘zbekiston elchisi Nodirjon Turg‘unov (qarorgohi Ar-Riyoz shahrida joylashgan) Bahrayn adliya, islom ishlari va vaqf vaziri Navvof bin Muhammad al-Muovida bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Vazir muloqot avvalida O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan olimlarning Islom tamadduniga hissa qo‘shgan hissasini, mamlakat tomonidan diniy-ma’rifiy sohaga qaratilayotgan e’tibor, yosh kelajak avlod uchun yaratilayotgan imkoniyatlar tahsinga sazovor ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, al-Xorazmiy, Farobiy, Zamaxshariy kabi Islom olamida yuksak obro‘-e’tibor topgan olimlarning merosi dunyo musulmonlarining umumiy boyligidir.
– So‘nggi yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun Islom ummatiga xizmat qilmoqda. Bahrayn Islom merosini o‘rganish bo‘yicha o‘zbek tomoni bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ilmiy izlanishlarni birgalikda amalga oshirishga tayyor", – dedi adliya, islom ishlari va vaqf vaziri Navvof bin Muhammad al-Muovida.
Muloqot chog‘ida Toshkent shahrida barpo etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimida Bahrayn delegatsiyani ishtirokini ta’minlash, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, ikki mamlakat ilmiy markazlar o‘rtasida aloqalarni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar O‘zbekiston va Bahrayn o‘rtasida adliya, Islom ishlari va vaqf sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, birgalikda ilmiy-amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida mas’ul xodim tayinlash taklifini qo‘llab-quvvatladilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati