Ma’lumki, yurtimizda ichki va tashqi turizm, xususan ziyorat turizmini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
2016 yil 2 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4861-son farmoni va shuningdek, yurtimizda turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar zamirida O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning joylardagi vakilliklari izchil sa’y-harakatlarni olib bormoqdalar.
2018 yil 20 mart kuni Samarqand viloyati imom xatiblari azim Buxoro shahriga sayohat uyushtirdilar. O‘zbekistonda ichki ziyorat turizmini rivojlantirishga hissa qo‘shish, yurtimizdagi tabarruk maskanlarga imom xatiblarning ziyoratini uyushtirish maqsadida tashkil etilgan sayohat O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamg‘armasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Imomlar transport, gidlik xizmati, tushlik tashkil etish borasida jamg‘arma imtiyozlaridan fyodalanmoqdalar.
Sayohatga maxsus hisobdan chiqarilgan fuqarolar ham jalb qilinganlar.
Safar tafsilotlarini yoritib boramiz.
O‘MI Matbuot xizmati
Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy alayhissalom: «Qur’onni o‘qish va yodlashda bardavom bo‘linglar. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Qur’on ipini yechib, qochib ketish borasida tuyadan ham tezroq», dedilar (Imom Buxoriy, 5033; Imom Muslim, 791).
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qur’onni yod olgan (Qur’onni o‘ziga do‘st tutgan) kishining misoli bog‘lab qo‘yilgan tuyaning misoliga o‘xshaydi. Agar qattiq turib, uni bog‘lashda bardavom bo‘lsa, tuyasini saqlab qoladi. Agar bo‘sh qo‘sa, ketib qoladi”, dedilar (Imom Buxoriy, 5031; Imom Buxoriy, 789).
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimningdir men falon-falon oyatni sedan chiqardim, deb aytishi qanday ham yomon. Balki, u sedan chiqartirildi. Qur’onni (o‘qish bilan uni) esda saqlanglar. Chunki u kishilarning qalbidan ketib qolishda tuyalardan ham tez”, dedilar.
"Qur’on fazilatlari haqida qirq hadis" kitobidan