Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyul, 2025   |   21 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:04
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:31
Bismillah
16 Iyul, 2025, 21 Muharram, 1447

Navro‘zi olam – yasharish ayyomi

20.03.2018   9855   4 min.
Navro‘zi olam – yasharish ayyomi

Aziz yurtimizga mavsumlar kelinchagi bahor keldi.

Zamin uyg‘onmoqtsa. Barcha-barchamiz intiqib kutgan Navro‘z ayyomi – yashnash va yasharish pallasi kirib kelmoqda.

Shamsiy yil hisobida yilning birinchi kuni – navro‘z (yangi kun) dehqonchilik ishlarining  boshlanishi, yangi mavsumga kirish vaqti sanaladi. Azaldan Navro‘z bayramida yangi unib chiqqan ko‘katlardan ko‘ksomsa, ko‘kchuchvara kabi tansiq taomlar pishirilgan.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, biz nishonlaydigan Navro‘z bayrami otashparastlar nishonlaydigan navro‘z emas, balki qish faslidan chiqib, bahor ayyomiga salomat yetganimiz, yerga urug‘ qadaydigan fursat yetgani munosabati bilan dehqonlarning bahor bayrami sifatida nishonlaydigan mavsumiy tadbiri hisoblanadi.

Mir Alisher Navoiy hazratlari ham o‘z asarlarida: "Har tuning "Qadr" o‘lubon, har kuning o‘lsun "Navro‘z", deb bu kunni alohida yod etganlar.

Binobarin, barcha milliy bayramlar qatori Navro‘z bayramini ham ko‘tarinki ruhda bilan, fasli navbahor ayyomiga sog‘-salomat yetkazgani uchun Yaratganga shukronalarimizni ado etgan holda o‘tkazishimiz lozim bo‘ladi.

Navro‘z bayrami mamlakatimizda umumxalq bayramlaridan biri sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Har yili mamlakatimizdagi barcha shahar va qishloqlarda ushbu bayram munosabati bilan turli sayillar, tomoshalar, bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bayram kuni mehribonlik uylari urush va mehnat faxriylari, yolg‘iz keksalar, nogironlar, mehrga muhtoj kishilar holidan xabar olinib, ularni bayram bilan qutlab, turli sovg‘alar, xayr-ehsonlar taqdim etish xalqimizning go‘zal an’analaridandir.

Bobo dehqonlarimiz, mirishkor bog‘bonlarimiz orziqib kutgan damlar yetib keldi. Ular yerga baraka urug‘ini sochadi, mevali va manzarali daraxtlar o‘tqazadi. Dinimizda dehqonchilik, yerni obod qilish masalasiga alohida e’tibor berilgan. Zero, yerga mehnat bilan qanchalik ishlov berilsa, dehqonchilik, ziroat ham shunga qarab barakali bo‘ladi. Ro‘zg‘orimiz butun, hayotimiz farovon bo‘lib boraveradi. Shahar va qishloqlarda yashovchi barcha  insonlar bu muborak faslni g‘animat bilib, yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi, turmushimiz ravnaqi yo‘lida astoydil bel bog‘lab, fidokorona mehnat qilish bilan o‘zlarining hissalarini qo‘shishga xarakat qiladilar.

Shuningdek, har yili bahor kelishi bilan atrof-muhit, o‘quv dargohlari hamda mahallalarni saranjom-sarishta qilish bo‘yicha ko‘plab ommaviy hasharlarni uyushtirish ham millatimizga xos odatlardandir. Bunda daraxtlar oqlanib, har xil chiqindilar tozalanadi, yangi-yangi mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekiladi. Atrofni o‘zgacha fayzu shukuh, poklik qamrab oladi, Zero, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "...Hovli va uy-joylaringizni ozoda tutinglar"; "Poklik imondandir" deya ummatlarini  poklikka  chorlaganlar.

Navro‘z bayrami kecha bilan kunduzning tenglashgan chog‘i, bahor faslining 21-22 mart kunlaridan boshlab, bir hafta, o‘n kun davomida o‘tkazilgan. Bu bayram, avvalo, tabiatning jonlanishi, yangilanishi bilan yurtimizga go‘zal bahor fasli kirib kelib, yam-yashil sepini yoyishi bilan boshlangan.

Ajdodlarimiz bu bayramni nishonlab, turli-tuman, rang-barang udum va marosimlarni o‘tkazishgan. Dalalarda bahorgi ekin-tekin ishlari boshlanib ketgan. Jamoa-jamoa bo‘lib hasharlar uyushtirilgan. O‘tgan ajdodlar ruhi yod qilingan, qabristonlar obodonlashtirilgan,

Navro‘z bayramiga atab ajdodlarimiz maxsus kiyimlar tayyorlashgan va ularni kiyib bayram qilishgan. Navro‘z taomlari o‘ziga xos bo‘lgan. Ular orasida, ayniqsa, sumalak, halim tayyorlash an’anaviy odat tusiga kirgan.

Tinch va osoyishta yurtimizning yanada taraqqiy etishi hamda ziroat ishlarida mo‘l-ko‘l hosil olish yo‘lida mehnat qilayotgan dexqonlarimiz, barcha mirishkorlarimizga Yaratganning fayzu-barakotini ato etishini so‘rab qolamiz.

Odiljon NARZULLAYEV,

Yangiyo‘l shahar  «Jome» masjidi imom-xatibi

O‘MI Matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

"Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!..."

16.07.2025   29   1 min.

 

VIDEO