Tojikiston parlamentining quyi palatasi 19-mart kuni “Fuqarolarning o‘zaro bordi-keldisi” to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qildi, unga ko‘ra Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari viza rasmiylashtirmasdan qo‘shni mamlakat hududida 30 kungacha bo‘lishlari mumkin.
Kelishuvni parlamentga TR TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Nizomiddin Zohidi taqdim qildi. Parlament deputati Ahmadjon Sobirov Kelishuvni «tarixiy hujjat» deya baholadi.
Bundan avval parlament quyi palatasi matbuot xizmati “Fuqarolarning o‘zaro bordi-keldisi” to‘g‘risidagi Bitim fuqarolarning har ikki mamlakat hududlarida vaqtincha bo‘lishlarini, vizasiz va tashkilotlarning xizmat safarlari bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtirishini aytgan edi.
O‘zA xabariga ko‘ra, ikki mamlakat fuqorolarining qo‘shni davlat hududlarida 30 kun muddatda bo‘lishiga ruxsat beruvchi “Fuqarolarning o‘zaro bordi-keldisi” to‘g‘risidagi Bitim Tojikiston va O‘zbekiston prezidentlari tomonidan Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega davlat tashrifi chog‘ida 9-mart kuni imzolangan edi.
O‘MI Matbuot xizmati
Shu yil 9 yanvar kuni Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev boshchiligida vakillik xodimlari, shahar-tuman bosh imom-xatiblari va iqtidorli imomlar ishtirokida tuzilgan ishchi guruh O‘zbekiston tumaniga tashrif buyurdi.
Dastlab tumandagi 7 ta masjid va 7 ta mahallada, shuningdek, “Haj — 2024” ziyoratchilari va mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, amaliy tadbir rejasi tuzildi.
Ishchi guruh a’zolari va imom-xatiblarga biriktirilgan mahalla hududidan “Haj – 2024” ziyoratchisini ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etdi. Birgalikda mahallaning eng kamida 3 tagacha muammoli xonadoniga kirib, u yerda yashayotganlardan hol-ahvol so‘radi. Ularning muammolarini o‘rgandi, taklif, fikr-mulohazalarini tingladi. Imom-xatiblar 22 ta oilaga kirib, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot va amaliy yordam tadbirlarini olib bordi.
Shuningdek, tumandagi "Qudash" muruvvat uyiga tashrif buyurilib, tashrif chog‘ida muruvvat uyida yashovchi imkoniyati cheklangan, mehr-muruvvatga muhtojlarni holidan xabar olinib, muruvvat uyi uchun maishiy texnika va maishiy jihozlar hamda boshqa turdagi zaruriy ashyolar xayriya qilindi.
Shu bilan birga, muruvvat uyida "Yashil makon" dasturi doirasida 100 tup mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi.
Tumanning "Bog‘i Eram" mahallasida yashovchi kam ta’minlangan oilaga homiylar ko‘magi bilan zamonaviy qulay sharoitlarga ega bir xonalik uy qurib berildi. Ishchi guruh mazkur xonadonga tashrif buyurib, xonadon egalari bilan muloqot qildi.
Peshin namozi so‘ngida masjidlarda jamoatga ma’ruza qilinib, odamlarga manfaat yetkazishning fazilati, ofiyat ulkan ne’mat ekani, yoshlar tarbiyasi doimiy e’tibor markazda bo‘lishi zarurligi, bu borada ota-onalarning o‘rni haqida ilmiy va hayotiy misollar yordamida tushuntirildi.
Masjidlar va imomlar faoliyati ko‘zdan kechirildi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Farg‘ona viloyati vakilligi
Matbuot xizmati