Davlatimiz rahbari joriy yil 2 martda Navoiy viloyati faollari bilan uchrashuvda to‘y va marosimlardagi turli dabdababozlik hamda isrofgarchilik qattiq tanqid qilgan edi. Uchrashuvda ixcham va kamxarj namunali to‘ylar tashkil etish an’anasini Navoiy viloyati boshlab berish taklifi ko‘pchilikka ma’qul tushdi.
Jumladan, viloyatning Qiziltepa tumanida tadbirkor Nuriddin Habibov farzandi Amriddin Razzoqovning nikoh to‘yini 120 kishidan iborat qarindosh-urug‘ va do‘st-yorlar davrasida o‘tkazdi. Kamxarj va ixcham marosimning afzalligi ko‘p ekanligini to‘y egasi amaliy ishlarida namoyon etdi.
Xususan, Navro‘z bayrami oldidan tumandagi maxsus maktab-internatning o‘g‘il-qizlariga sayl tashkil etib, zarur-o‘quv qurollari olib berdi.
O‘zA xabariga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi vakillari kelin-kuyovga Samarqand shahridagi tarixiy obidalarga sayohat qilish uchun sertifikat hamda kitoblar jamlamasini sovg‘a qildi.
Navbatdagi namunali to‘y Karmana tumanida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati
Hijri Ismoil — Ka’ba yaqinida joylashgan yarim oy shaklidagi hudud. Hijri Ismoil “Ismoil toshi” degan ma’noni anglatadi. Aynan shu yerda Ibrohim alayhissalom rafiqalari Hojar va o‘g‘li Ismoilni qoldirganlar. Hijri Ismoil Xatim ham deb nomlanadi. Xatim deb nomlanishiga sabab u Ka’badan sindirib, ya’ni ajratib olingandir.
Hijri Ismoil haqida qiziqarli ma’lumotlar
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan xatim haqida so‘rab: «U Ka’badanmi?» desam, u zot: «Ha», dedilar. Men: «Unda nima uchun Ka’baga qo‘shib yuborishmagan?» desam, u zot: «Qavmingning, ya’ni Qurayshning mablag‘i yetmay qolgan…», dedilar» (Imom Buxoriy rivoyati).
Po‘latxon Kattayev,
TII Hadis va Islom tarixi fanlari kafedrasi katta o‘qituvchisi.