Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Yanvar, 2025   |   12 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:34
Shom
17:18
Xufton
18:37
Bismillah
12 Yanvar, 2025, 12 Rajab, 1446

«Qalbga ingan nur»

19.03.2018   3165   4 min.
«Qalbga ingan nur»

Jahonda sanoqli insonlar muyassar bo‘ladigan saodat: Hajga Saudiya Arabistonining mehmoni sifatida borish. Bu hech mubolag‘asiz favqulodda holatdir.
Taniqli ijodkor Laziz Tangriyev ana shu sharafga muyassar bo‘lganlardan biridir. U bir umr unutilmas ziyorati jarayonida ko‘nglidan kechirgan his-tuyg‘ulari va o‘y-fikrlarini yaqinda G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan chop etilgan «Qalbga ingan nur» kitobidagi xotiralarida hayajon bilan hikoya qiladi.
Muallif dastlab Umra ziyoratida Saudiya Arabistonining poytaxti Riyoz shahrida bo‘lish sharafiga muyassar bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaharga, odatda, faqat maxsus taklifnoma yoki biror bir rasmiy hukumat tadbirida qatnashish sharti bilangina kirish mumkin ekan. Hatto Umra yoki Haj amallarini bajaradiganlar ham to‘g‘ridan to‘g‘ri Madinaga yo‘l olishar, ularning Riyozga kirishiga ruxsat berilmas ekan.
Xotiralarda Ka’bai muazzamni tavof etish, payg‘ambarimiz sollalohu alayhi va sallam ravzalarini ziyorat qilish, 900 kilometr yo‘l bosib, musulmon bo‘lmaganlar aylanib o‘tishi shart bo‘lgan Madinai munavvaraga ham borib, Masjidi Nabaviyda namoz o‘qish, Kubo masjidi, Baqi’ qabristoni, Uhud jangi bo‘lgan tepalikni, keyin esa yana 500 chaqirimdan ko‘proq yo‘l bosib, Makkada Ka’bani yetti bor aylanish ta’sirchan hikoya qilinadi. Muallif ushbu taassurotlarini mashhur shoirlarimiz — Abdulla Oripovning «Payg‘ambar», «Ka’batulloh», Muhammad Yusufning «Bobur nidosi» she’rlariga muqoyasa qilgan.
Ijodkorning Umra amallarini ado etishi Riyozda o‘tkazilgan o‘ninchi xalqaro kitob ko‘rgazmasida O‘zbekiston noshirlarining delegatsiyasi tarkibida ishtirok etishi bilan bir yo‘la bo‘lgan. Ushbu xalqaro tadbirda 33 mamlakatdan 7000 dan ortiq nashriyot-matbaa tashkilotlarining ishtirok etgani uning yuksak nufuzini yaqqol isbotlaydi. Laziz Tangriyev Saudiya Arabistonidan tashqari, Misr va Birlashgan Arab Amirliklarida ham har yili muntazam o‘tkaziladigan islom dunyosining kitob ko‘rgazmalarida o‘zbek adiblarining asarlarini arab tiliga tarjima qilib, ishtirok etishning muhimligiga urg‘u beradi.
Xotiralarda Riyoz xalqaro kitob ko‘rgazmasida bolalar adabiyoti, shu jumladan, o‘quv darsligi bo‘limining tashkil etilishi alohida e’tibor va tahsinga sazovorligi ta’kidlanadi. Bu yerda ko‘rgazmaga tarbiyachi va muallimlar yetakchiligida bolalarning guruh-guruh bo‘lib kelishlari tashkillashtirilgan ekan. Yana bir e’tiborli tomoni — ko‘rgazmada bolalarga nafaqat kitob bayramini tomosha qilish, shu bilan birga, homiylar tomonidan ajratilgan kuponlar orqali kitob, daftar, qalam va boshqa mahsulotlarni bepul olish imkoniyatining yaratilishidir. Muallif ana shu tajribani mamlakatimizda o‘tkaziladigan kitob ko‘rgazmalarida ham qo‘llashning foydadan xoli emasligini uqtiradi.
Laziz Tangriyevning xotiralarida ko‘pchilik kitobxonlar uchun ma’lum bo‘lmagan qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan. Umra amallarini bajarishda ziyoratchilarga xizmat qiladigan Abduqodir otaning hikoya qilishicha, o‘tmishda Hajga kelgan boy-badavlat yurtdoshlarimiz Makkada «Andijon», «Marg‘ilon», «Farg‘ona», «Samarqand» kabi takyalar — mo‘jaz mehmonxonalar barpo etishgan ekan. Ularni yuritib turish uchun qoldirgan xizmatkorlariga o‘z ona yurtlaridan kelgan ziyoratchilarga ushbu takyalarda xohlagancha bepul mehmon bo‘lishni buyurgan ekanlar.
Muallif xotiralarining mazmun-mohiyatini o‘zi muyassar bo‘lgan Haj safari taassurotlarini «Ko‘nglimdan qog‘ozga to‘kilgan ushbu bitiklar o‘sha baxtli, fayzli, farahli kunlar, lahzalar» sifatida ifoda etadi. Xotiralarda ziyoratchilarning Baytullohning tavof qilinishi, Safo va Marva tepaliklari orasida yetti marta sa’y ibodatini amalga oshirish, Zam-zam suvidan to‘yib ichishga muyassar bo‘lish, Mino vodiysiga chiqish bilan bog‘liq his-tuyg‘ularni hayajonlanmasdan o‘qib bo‘lmaydi.
Kitobxonlar uchun «Qalbga ingan nur» xotiralari bilan tanishish foydali degan fikrdamiz. Muallifning o‘z-o‘ziga ibratli nasihatlari, xususan, «Din va ilm», «Nikoh, ilohiy ahd, oila muqaddas», «Qiyomat va tug‘ilgan kun», «Tavba-tazarru saodati», shuningdek, sochma fikrlari, publitsistik maqolalari ham o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otishi, shubhasiz.


Akmal SAIDOV, akademik
O‘zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Targ‘ibot tadbirida aholi muammolari hal etildi

11.01.2025   3335   2 min.
Targ‘ibot tadbirida aholi muammolari hal etildi

Shu yil 9 yanvar kuni Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev boshchiligida vakillik xodimlari, shahar-tuman bosh imom-xatiblari va iqtidorli imomlar ishtirokida tuzilgan ishchi guruh O‘zbekiston tumaniga tashrif buyurdi.

Dastlab tumandagi 7 ta masjid va 7 ta mahallada, shuningdek, “Haj — 2024” ziyoratchilari va mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, amaliy tadbir rejasi tuzildi.

Ishchi guruh a’zolari va imom-xatiblarga biriktirilgan mahalla hududidan “Haj – 2024” ziyoratchisini ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etdi. Birgalikda mahallaning eng kamida 3 tagacha muammoli xonadoniga kirib, u yerda yashayotganlardan hol-ahvol so‘radi. Ularning muammolarini o‘rgandi, taklif, fikr-mulohazalarini tingladi. Imom-xatiblar 22 ta oilaga kirib, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot va amaliy yordam tadbirlarini olib bordi. 

Shuningdek, tumandagi "Qudash" muruvvat uyiga tashrif buyurilib, tashrif chog‘ida muruvvat uyida yashovchi imkoniyati cheklangan, mehr-muruvvatga muhtojlarni holidan xabar olinib, muruvvat uyi uchun maishiy texnika va maishiy jihozlar hamda boshqa turdagi zaruriy ashyolar xayriya qilindi. 

Shu bilan birga, muruvvat uyida "Yashil makon" dasturi doirasida 100 tup mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi.

Tumanning "Bog‘i Eram" mahallasida yashovchi kam ta’minlangan oilaga homiylar ko‘magi bilan zamonaviy qulay sharoitlarga ega bir xonalik uy qurib berildi. Ishchi guruh mazkur xonadonga tashrif buyurib, xonadon egalari bilan muloqot qildi. 

Peshin namozi so‘ngida masjidlarda jamoatga ma’ruza qilinib, odamlarga manfaat yetkazishning fazilati, ofiyat ulkan ne’mat ekani, yoshlar tarbiyasi doimiy e’tibor markazda bo‘lishi zarurligi, bu borada ota-onalarning o‘rni haqida ilmiy va hayotiy misollar yordamida tushuntirildi.

Masjidlar va imomlar faoliyati ko‘zdan kechirildi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Farg‘ona viloyati vakilligi 
Matbuot xizmati

Targ‘ibot tadbirida aholi muammolari hal etildi Targ‘ibot tadbirida aholi muammolari hal etildi Targ‘ibot tadbirida aholi muammolari hal etildi Targ‘ibot tadbirida aholi muammolari hal etildi Targ‘ibot tadbirida aholi muammolari hal etildi Targ‘ibot tadbirida aholi muammolari hal etildi Targ‘ibot tadbirida aholi muammolari hal etildi Targ‘ibot tadbirida aholi muammolari hal etildi Targ‘ibot tadbirida aholi muammolari hal etildi