Tamaki mahsulotlari nafaqat o‘pka saratoni va yurak-qon tizimi bilan bog‘liq muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi, balki eshitish qobiliyatining yo‘qolish xavfini ham orttiradi. Bu haqda Nicotine and Tobacco Research jurnalida chop etilgan maqolada aytiladi. Tadqiqotlar natijasida tamaki iste’mol qiluvchilar chekmaydiganlarga nisbatan 1,6 barobar ko‘proq eshitish qobiliyatini yo‘qotishi aniqlandi. Mutaxassislar Yaponiyaning 20-64 yosh oralig‘idagi 50 mingdan ziyod aholisining ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Tadqiqot boshlanganda, ularning hech birida eshitish bilan bog‘liq muammolar bo‘lmagan. Oxirgi 8 yil mobaynida mutaxassislar vaqti-vaqti bilan tadqiqot ishtirokchilarining chekish-chekmasliklarini, agar cheksalar qancha miqdorda chekishlarini aniqlab bordilar. Bundan tashqari, ularning eshitish qobiliyati ham tekshirib borildi. Natijalar kashandalarning eshitish qobiliyati ko‘proq aziyat chekkanini ko‘rsatdi. Tadqiqot mobaynida mutaxassislar jins, yosh, vazn kabi ko‘rsatkichlarga ham e’tibor qaratdilar.
O‘MI Matbuot xizmati
00:00 Anons
00:48 Fuqarolar murojaati e’tibor markazida
01:11 Qur’on va tajvid markaziga tashrif
01:44 Qo‘shko‘pirdagi "Islom bobo" masjidi foydalanishga topshirildi
02:28 Xayru saxovat – qalblarga quvonch ulashadi
02:42 Ziyoratchilarimiz Payg‘ambar alayhissalom shaharlarida
02:58 Imkoniyati cheklanganlar uchun navbatdagi ma’rifiy suhbat
03:24 To‘raqo‘rg‘on tumanida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
04:01 Otinoyilar ishtirokida tanlov o‘tkazildi
04:22 Qishki ta’til davrida o‘tkazilgan malaka oshirish o‘quv seminari nihoyasiga yetdi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati