Ulug‘ mutafakkir, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy majmuasi ziyorati chog‘ida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ushbu maskanni zamon talablariga mos rekonstruksiya qilish hamda uning atrofida sayyohlar uchun barcha xizmat turlarini qamrab oluvchi mehmonxona va infratuzilma obyektlari qurish loyihalari bilan tanishib, ularni sifatli amalga oshirish uchun mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
- Buyuk allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq toptirishga qo‘shgan betakror hissasi to‘g‘risida so‘z ketganda, eng avvalo, haqli ravishda musulmon olamida “muhaddislar sultoni” deya ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy bobomizning muborak nomi tilga olinadi, - dedi Prezident.
Ma’lumki, ziyoratgohga tutash hududda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bunyod etilmoqda.
- Bu majmua nafaqat mamlakatimiz xalqi, balki butun islom dunyosi uchun qadrli hisoblanadi, - dedi Prezident.
O‘zA xabariga ko‘ra, markazning ma’naviy-ma’rifiy ishini tashkil qilish, uning ilmiy-nazariy konsepsiyasini yaratish va ana shu asosda o‘quv dasturlari va qo‘llanmalar ishlab chiqish, Imom Buxoriy asarlari tadqiqotiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati
00:00 Anons
00:48 Fuqarolar murojaati e’tibor markazida
01:11 Qur’on va tajvid markaziga tashrif
01:44 Qo‘shko‘pirdagi "Islom bobo" masjidi foydalanishga topshirildi
02:28 Xayru saxovat – qalblarga quvonch ulashadi
02:42 Ziyoratchilarimiz Payg‘ambar alayhissalom shaharlarida
02:58 Imkoniyati cheklanganlar uchun navbatdagi ma’rifiy suhbat
03:24 To‘raqo‘rg‘on tumanida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
04:01 Otinoyilar ishtirokida tanlov o‘tkazildi
04:22 Qishki ta’til davrida o‘tkazilgan malaka oshirish o‘quv seminari nihoyasiga yetdi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati