Ismlari Umar ibn Xattob ibn Nufayl ibn Abduluzzo ibn Raboh ibn Abdulloh ibn Qarat Qurashiy Adaviy roziyallohu anhu. Tarixchilar Umar ibn Xattob roziyallohu anhuni Bani Adiy urug‘idan ekani hamda Makka shahrida, “Fil yili”dan 13 yil o‘tgandan so‘ng tug‘ilganini ta’kidlaydilar. Xalifaliklari o‘n yil davom etdi (634-644 y). Hadis kitoblari va tarixiy manbalarda “Abu Hafs” va “Foruq” degan kunyalari bo‘lgani qayd etiladi. Umar roziyallohu anhu novcha, jussador, oppoq, ikki yanoqlari qizil odam bo‘lganlar. Umar ibn Xattob (r.a.) 23/645 yilning 27-zulhijja chorshanba kuni, 63 yoshida, Mug‘iyra ibn Shu’baning quli Feruz Abu Lu’lu’ tomonidan bomdod namozi paytida yetkazilgan jarohat tufayli vafot etdilar. Janozalari masjidda o‘qildi, Suhayb Rumiy imom bo‘ldilar. Qabrlari muborak “Ravza”da, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) va Abu Bakr (r.a) ning yonlarida joylashgan.
O‘MI Matbuot xizmati
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam Vatanni himoyasi haqida bunday deganlar:
“Ikki ko‘zni (ko‘z egalarini) do‘zax o‘ti kuydirmaydi. Biri Allohdan qo‘rqib yosh to‘kkan ko‘zni, ikkinchisi Vatan himoyasida uxlamay bedor bo‘lgan ko‘zni”.
Shu zamin sarhadlarini ko‘z qorachig‘idek qo‘riqlab kelayotgan barcha vatandoshlarimizni tanu-jonlarini salomat, qilayotgan barcha xayrli ishlarida Yaratgan yor va madodkor bo‘lsin!
14-yanvar - "Vatan himoyachilari kuni" muborak bo‘lsin!
https://t.me/shayx_nuriddinxoliqnazar