O‘zbekiston musulmonlari idorasining muslim.uz portali ijodkorlari tomonidan “Onlayn ziyorat” loyihasi yo‘lga qo‘yilib, uning birinchi sonida “Qaffol Shoshiy” ziyoratgohiga tashrif uyushtirilgan edi.
Bugun, 14 mart kuni ushbu onlayn ziyoratning navbatdagi “Onlayn ziyorat”imiz soat 11.00 da “Shayx Xovand Tahur” yodgorlik majmuasida boshlanadi. Marhamat, biz bilan birga onlayn ziyorat qiling va muborak go‘sha haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ling.
Yurtimizdagi diqqatga sazovor joylar, muqaddas qadamjolar va aziz-avliyolarning xoklari qo‘nim topgan go‘shalarga muslim.uz saytining Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali “Onlayn ziyorat” qilishingiz mumkin.
Hurmatli muxlislar! Bizni kuzatishda davom eting. Hali oldinda, Siz uchun yanada foydali va qiziqarli mega loyihalar tayyorlab qo‘yganmiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bir kishi imom Vakiy’ ibn Jarroh rahimahullohni so‘kdi. U zot javob qaytarmadilar. Odamlar: “Unga javob qaytarmaysizmi?” deyishdi. Shunda u zot: “Unda ilm olganimiz qayerda qoladi?!” dedilar.
Agar sizga biror aqlsiz kimsa gap qotsa, unga javob qaytarmang. Ilmingiz hurmatidan, ilmdan olgan tarbiyangiz sababidan odob saqlang.
Imom Shofe’iy rahimahulloh aytadilar: “Aqli past kimsa menga nihoyatda qabih so‘zlar bilan gapirsa, unga javob qaytarishni o‘zimga ep ko‘rmayman. Uning safohati ortgan sari, mening halimligim ortadi. Go‘yo cho‘g‘ isiriqni kuydirgan sari, uning hushbo‘yi ko‘prok taralgandek”.
Homidjon qori ISHMATBЕKOV