Alloh taoloning ulug‘ inoyati ila O‘zbekiston xalqining ixlosu-muhabbatlari ostida o‘tayotgan Respublika Qur’on musobaqasi eng qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Bugungi kunda viloyatlarimizda musobaqaning ikkinchi, viloyat bosqichi o‘tkazilib, qiroat mohirlari aniqlanmoqda. Poytaxtimizda ham tumanlarida eng yaxshi deb topilgan hofizi Qur’onlar musobaqaning Toshkent shahar bosqichida ishtirok etadilar. G‘oliblarni esa Respublika bosqichi kutmoqda.
18-19 Mart kunlari Poytaxtimizning “Navro‘z” tantanalar saroyida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Qur’on musobaqasining Toshkent shahar bosqichiga aziz Qur’on shaydolarini taklif etamiz.
Erkaklar o‘rtasidagi musobaqa: 18-Mart, soat 9-00 da;
Ayollar o‘rtasida: 19-Mart, soat 9-00 da boshlanadi.
Musobaqaga kirish bepul bo‘lib, taklifnoma yoki hujjat talab qilinmaydi.
O‘xshashi yo‘q, tengi yo‘q, olamlar ichra yang yaxshi kalomni eshitishga oshiqing azizlar.
O‘MI Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati
Ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning oliy mezoni va xalqimizga xos azaliy qadriyat ekanligining dalolatidir.
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida xizmat qilib, nafaqaga chiqqan bir guruh faxriylar holidan xabar olindi.
Ziyorat davomida Diniy idora tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, yoshlarga ibrat bo‘lgan ustozlar uylariga borilib, ularga ehtirom bildirildi. Hadyalar ulashildi.
Shu bilan birga, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Abdurashid qori Bahromov, Usmonxon domla Alimov, Abdurazzoq hoji Yunusov, Anvar qori Tursunov kabi marhum ulug‘larimizning xonadonlariga borilib, oila ahllari holidan xabar olindi.
Shuningdek, bunday tadbirlar joylardagi vakilliklar tomonidan ham amalga oshirilib, hech kim e’tibordan chetda qolmadi. Bunday tadbirlar orqali Islom dinida o‘tganlar xotirasiga ehtirom, tiriklarni qadrlash, ustozlar o‘gitlaridan bahramand bo‘lish kabi xayrli an’analar bardavom bo‘ladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati