Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Yanvar, 2025   |   15 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:47
Peshin
12:37
Asr
15:37
Shom
17:22
Xufton
18:40
Bismillah
15 Yanvar, 2025, 15 Rajab, 1446

Qur’on musobaqasining Toshkent shahar bosqichiga marhamat qiling! (Videolavha)

14.03.2018   5306   1 min.

Alloh taoloning ulug‘ inoyati ila O‘zbekiston xalqining ixlosu-muhabbatlari ostida o‘tayotgan Respublika Qur’on musobaqasi eng qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Bugungi kunda viloyatlarimizda musobaqaning ikkinchi, viloyat bosqichi o‘tkazilib, qiroat mohirlari aniqlanmoqda. Poytaxtimizda ham tumanlarida eng yaxshi deb topilgan hofizi Qur’onlar musobaqaning Toshkent shahar bosqichida ishtirok etadilar. G‘oliblarni esa Respublika bosqichi kutmoqda.

18-19 Mart kunlari Poytaxtimizning “Navro‘z” tantanalar saroyida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Qur’on musobaqasining Toshkent shahar bosqichiga aziz Qur’on shaydolarini taklif etamiz.

Erkaklar o‘rtasidagi musobaqa: 18-Mart, soat 9-00 da;
Ayollar o‘rtasida: 19-Mart, soat  9-00 da boshlanadi.
 

Musobaqaga kirish bepul bo‘lib, taklifnoma yoki hujjat talab qilinmaydi.

O‘xshashi yo‘q, tengi yo‘q, olamlar ichra yang yaxshi kalomni eshitishga oshiqing azizlar.  

 

O‘MI Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Sajdai sahvda bir tomonga salom beriladimi yoki ikki tomongami?

14.01.2025   1744   1 min.
Sajdai sahvda bir tomonga salom beriladimi yoki ikki tomongami?

Cavol: Sajdai sahv qilish uchun salom berishda bir tomonga salom beriladimi yoki ikki tomongami?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Har ikkisi ham to‘g‘ri. Ya’ni namozxon sajdai sahv qilishda bir tomonga salom bersa ham, ikki tomonga salom bersa ham to‘g‘ri ish qilgan bo‘ladi. Chunki fuqaholarimiz har ikki holatni sahih — to‘g‘ri deb fatvo berishgan. Ayrim fuqaholar yolg‘iz namoz o‘qiyotgan kishi – ikki tomonga salom berishi, imom esa – bir tomonga salom berishi yaxshidir, deganlar. Chunki imom ikki tomonga salom bersa, ergashuvchilarning ba’zisi namoz tugallandi deb o‘ylab namozga zid hatti-harakat sodir etishi mumkin, deyishgan (“Durarul hukkam” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.