Hifz yo‘nalishi
18-25 yosh
1. Mahmudov Muhammadiso
2. Ermatov Alisher
2. Muhsinov Mo‘minjon
3. Nuriddinov Saydullo
26-40 yosh
1. Sodiqov Muxsin
2. Abdurasulov Rahmatillo
3. Ro‘ziyev Shaxboz
Tilovat yo‘nalishi
18-25 yosh
1. Karimov Muhammadamin
2. Jamoldinov Nurmuhammad
3. Mardonqulov Jamoldin
26-40 yosh
1. Yuldashev Rasulbek
2. Madaminov Rustam
3. Sulaymonov Farhodjon
3. Karimov Muhammadsodiq
G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan diplom va sovg‘alar taqdim etildi.
O‘MI Matbuot xizmati
Shu yilning 22 aprel kuni Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov boshchiligida Marhamat tumanidagi “Obidjon Botirov” jome masjidida viloyatning shahar va tumanlari bosh imom-xatiblari, otinoyilar va hojilar ishtirokida tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan masjid imom-xatiblarining faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.
Dastavval seminar ishtirokchilari bo‘lgan shahar-tuman bosh imom-xatiblar, otinoyilar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan xonadonlarga kirib, aholi bilan yuzma-yuz ko‘rishib, ularga ma’naviy va moddiy yordamlar ko‘rsatildi. So‘ngra shahar-tuman bosh imom-xatiblari o‘ziga biriktirilgan masjidlarda peshin namozini ado etib, namozga kelgan jamoatga ma’rifiy suhbatlar qilib berdi.
Seminarda notiqlar tomonidan Marhamat tumanidagi masjidlarning faoliyati haqida keng ma’lumotlar berilib, imom-xatiblarning faoliyat samaradorligi oshirish bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tumandagi masjidlarda imom-xatiblik faoliyatida namunali va faol mehnat qilayotgan qator imom-xatiblar viloyat bosh imom-xatibining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir yakunida qozi domla boshchiligida masjid hududiga yaxshi niyatlar ila manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Andijon viloyati vakilligi
Matbuot xizmati