Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Dekabr, 2024   |   25 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:48
Peshin
12:29
Asr
15:19
Shom
17:03
Xufton
18:23
Bismillah
26 Dekabr, 2024, 25 Jumadul soni, 1446

Mirzo Ulug‘bek suv ichgan piyolaning siri nimada edi?

13.03.2018   3279   4 min.
Mirzo Ulug‘bek suv ichgan piyolaning siri nimada edi?

Muzeylar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarini namoyon qiluvchi, tarixni oynadek aks ettiruvchi maskanlardir. Bunday ma’naviyat go‘shalariga tashrif buyurgan kishi borki, moziyni sarhadsiz sayr qiladi, o‘zi uchun olam-olam ma’no va xulosa oladi.
Dunyoning qaysi chekkasidagi muzeyga bormang, O‘zbekiston tarixiga oid eksponatlar eng noyob ashyolar sifatida qadrlanishiga guvoh bo‘lasiz. Jumladan, jahonning yetakchi muzeylaridan biri bo‘lgan Britaniya muzeyida ham ana shunday manzaraga duch kelasiz.
“Xalq so‘zi” nashrining bildirishicha, yaqinda Londonda qator uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazgan O‘zbekiston delegatsiyasi Britaniya muzeyiga tashrif buyurdi. Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi, Toshkent islom universitetining Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi rahbarlaridan iborat delegatsiyani Britaniya muzeyi direktori Hartvig Fisher qabul qildi.
Britaniya muzeyida 8 milliontadan ziyod ashyolar jamlangan bo‘lib, har yili bu yerga 7 million nafarga yaqin kishilar tashrif buyuradi.
Ahamiyatlisi, muzeyda mamlakatimiz tarixiga oid o‘ta noyob eksponat — Mirzo Ulug‘bek suv ichgan piyola saqlanadi. Uzunligi 15 santimetr bo‘lgan piyola yuziga “Ulug‘bek Ko‘ragon” deb yozilgan. Piyola yashil rangli nefrit toshdan o‘ta mohirlik bilan sayqallangan holda ishlangan. Uning bandi ajdar shaklida bo‘lib, og‘zi piyola uchini tishlagan, oyoqlari yerga tegib turadi. Piyolaning og‘iz tegar yeri lab shaklida bo‘lib, unga “Karami Haqqa nihoyat yo‘qdur (Alloh taolo karamining cheki yo‘q)” degan yozuv bitilgan. O‘sha vaqtlar nefrit Movarounnahrda noyob tosh sanalgan. Piyolaning nefritdan ishlanishining sababi, u chaqmoq urishidan saqlagan. Eng asosiysi, nefritga solingan zahar o‘z ta’sir kuchini yo‘qotgan. Natijada bunday piyola egalari ichimlikni bexavotir icha olgan.
Uchrashuvda yurtimizning qadimiy, boy tarixi, buyuk alloma hamda mutafakkirlarimizning bebaho ilmiy-ma’naviy merosi jahon tamadduniga beqiyos ulush qo‘shgani, bugun mamlakatimizda xalqimizning chinakam iftixori bo‘lgan ana shu xazinani asrab-avaylash, chuqur o‘rganish, uning noyob g‘oya va qadriyatlarini istifoda etgan holda, kelajak avlodga ham yetkazishga yuksak e’tibor qaratilayotgani alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilishda so‘z olgan Britaniya muzeyi mas’ullari Jonatan Tabb, Ladan Akabarnia, Fahmida Sulaymon, Jon Uillyams ushbu hamkorlik ikki tomon uchun ham g‘oyat manfaatli ekanini qayd etdilar.
— Mening hayotimda Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston tarixini o‘rganish muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, — deydi Yaqin Sharq to‘plami rahbari Jonatan Tabb. — “Amudaryo xazinasi” deb nomlangan eksponatlar muzeyimizning yuragi, desam, xato bo‘lmaydi. Ayni paytda uning yangi katalogi ustida ish olib borayapmiz. Bunda o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan hamkorlik qilish niyatidamiz.
Markaziy Osiyo madaniy merosini tadqiq etayotgan yana bir olim Fahmida Sulaymon O‘zbekistonning boy madaniyati hali ham dunyoni hayratga solishga qodir ekanini ta’kidlab, jumladan, shunday dedi:
— Yevropa jamoatchiligi, ayniqsa, ilmiy doiralari “Islom madaniyati XIX asrga kelib rivojlanishdan to‘xtagan”, degan fikrni yoqlaydi. Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekistonga tashrif buyurgan kishi borki, buning aksini ko‘radi.
Britaniya muzeyi mutaxassislari O‘zbekiston tarixiga oid eksponatlarning yozuv-sharhlarini yurtimiz olimlari bilan birgalikda tayyorlaydigan bo‘ldi.
Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini izhor etdilar. Muzokaralar natijasida Britaniya muzeyi xodimlarining O‘zbekistonga safarini tashkil etish, o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, muzey fondida saqlanayotgan mamlakatimiz tarixiga oid nodir eksponatlarni tadqiq qilish, kataloglarini yaratish, o‘zbekistonlik mutaxassislarning Britaniya muzeyida amaliyot o‘tashlarini joriy etish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Britaniya muzeyi Mirzo Ulug‘bek foydalangan nodir piyolaning nusxasini O‘zbekiston buyurtmasi bo‘yicha tayyorlab berishga hozir ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida Britaniya muzeyi olimlarining mamlakatimiz muzeyshunoslari bilan onlayn ma’ruzalarini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi.

O‘zbekiston musulmonlar idorasi matubot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Yahudiy va Avf ibn Molik qissasi

26.12.2024   1385   4 min.
Yahudiy va Avf ibn Molik qissasi

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Imom Bayhaqiy, Abu Ubayd va Ibn Asokirlar Suvayd ibn G‘afla roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:

«Umar roziyallohu anhu Shomga kelganida ahli kitoblardan biri: «Ey mo‘minlarning amiri! Mo‘minlardan biri meni o‘zing ko‘rib turgan holga soldi», dedi. U kaltaklangan, boshi yorilgan holda edi. Umar roziyallohu anhu qattiq g‘azablandi va Suhayb roziyallohu anhuga:

«Bor, qara-chi, buning sohibi kim ekan?» dedi.

Suhayb roziyallohu anhu borib qarasa, u Avf ibn Molik roziyallohu anhu ekan.

Suhayb unga: «Mo‘minlarning amiri sendan qattiq g‘azablandi. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuning oldiga bor, u zot bilan gaplashsin. Umar shoshilib, seni bir narsa qilib qo‘yadimi, degan xavfdaman», dedi.

Umar roziyallohu anhu namozni o‘qib bo‘lib:

«Suhayb qani?! U odamni keltirdingmi?!» dedi.

«Ha», dedi Suhayb.

Avf Muozning oldiga borib, bo‘lgan voqeani aytib bergan edi, bas, Muoz o‘rnidan turib:

«Ey mo‘minlarning amiri! U Avf ibn Molik ekan. Uning gapini eshitib ko‘ring. Shoshilib, uni bir narsa qilib qo‘ymang», dedi. Umar unga:

«Sening bu bilan nima ishing bor?!» dedi.

«Ey mo‘minlarning amiri, qarasam, bu bir muslima ayolning eshagini yetaklab ketayotgan ekan. Eshak sakrab, ayolni yiqitib yuboray debdi. Lekin ayol yiqilmabdi. Manavi bo‘lsa, uni turtib yiqitib, o‘zini ayolning ustiga otdi», dedi Avf.

Umar unga: «Menga ayolni olib kel, aytganingni tasdiqlasin», dedi.

Avf ayolning oldiga bordi. Ayolning otasi bilan eri: «Nima qilib qo‘yding?! Bizning sohibamizni sharmanda qilding-ku!» dedilar.

Biroq ayol: «Allohga qasamki, u bilan boraman!» dedi.

Otasi bilan eri: «Biz borib, sening nomingdan gapiramiz», dedilar va Umar roziyallohu anhuning huzuriga kelib, Avf aytgan gaplarga o‘xshash gap aytdilar.

Bas, Umar amr qildi. Yahudiy osildi.

So‘ngra Umar: «Biz sizlar bilan bunga sulh qilganimiz yo‘q. Ey odamlar! Muhammadning zimmasi haqida Allohdan qo‘rqinglar! Ulardan kim bu ishni qilsa, unga zimma yo‘q!» dedi.

Suvayd: «O‘sha men ko‘rgan yahudiy Islomda birinchi osilgan odam edi», dedi».

Bu hodisada Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning siyosat yoki tashviqot uchun emas, balki adolat uchun ish olib borishlari yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Mazkur yahudiy qilar ishni qilib qo‘yib, makkorligini ishga solgan edi. U: «Musulmonlarning xalifasi kelib turibdi, hozir siyosat nozik paytda unga arz qilsam, siyosat uchun mening tarafimni oladi», deb o‘ylagan edi.

Darhaqiqat, ish avvaliga, sirtdan qaraganda yahudiy o‘ylaganicha boshlandi. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu katta sahobiy Avf ibn Molik roziyallohu anhuning obro‘siga e’tibor qilmay, ishning haqiqatini surishtira boshladilar. U kishidan boshqa odam bo‘lganida bir yahudiyni deb, o‘zimizning obro‘li odamni xijolat qilmaylik, degan mulohazaga borishi mumkin edi. Ammo hazrati Umar roziyallohu anhuning tabiatlarida va u kishi ko‘rgan tarbiyada bunday mulohaza bo‘lishi mumkin emas edi.

U kishidan boshqa odam bo‘lganida siyosat uchun, nohaqdan bo‘lsa ham ularning yonini olishi mumkin edi. Ammo hazrati Umar roziyallohu anhu bunday qilishlari mumkin emas edi. U kishi ayb­dor kim bo‘lishidan qat’i nazar, uning aybiga yarasha jazosini berish tarbiyasini olganlar. Va shunday qildilar ham.

«Hadis va hayot» kitobining 23-juzidan olindi

Maqolalar