Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Dekabr, 2024   |   21 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:20
Quyosh
07:46
Peshin
12:27
Asr
15:17
Shom
17:01
Xufton
18:21
Bismillah
22 Dekabr, 2024, 21 Jumadul soni, 1446

Britaniyada “musulmonlarni jazolash”ga da’vat qiluvchi maktub tarqatganlar qidirilmoqda

12.03.2018   3099   2 min.
Britaniyada “musulmonlarni jazolash”ga da’vat qiluvchi maktub tarqatganlar qidirilmoqda

Britaniyaning terrorizmga qarshi kurash politsiyasi musulmonlarga qarshi zo‘ravonlik uyushtirishga da’vat qiluvchi maktub mamlakat aholisiga elektron axborot vositalari orqali tarqatgani yuzasidan tekshiruv boshladi. 

“3 aprel “Musulmonlarni jazolash kuni”, deb nomlangan maktubda mahalliy aholi musulmonlarga qarshi har qanday ko‘rinishda, ya’ni, so‘z orqali, muslimalarning boshidagi ro‘moli yoki hijobini tortib yechish, jismoniy hujum yoki ularning yuziga kislota sepib tajovuz qilishga da’vat etilgan. 

Islom.uz portalining xorijiy axborot agentliklariga tayanib ma’lumot berishicha, terrorizmga qarshi kurash politsiyasi yovuz niyatdagi maktub mamlakat bo‘ylab tarqatilganini bildirgan. 

Joriy yilning 10 mart kuni London shahar politsiyasi bu borada tekshiruv olib borilayotganini tasdiqlab, hozircha hech bir shaxs qo‘lga olinmaganini ma’lum qilgan. 

Mahalliy aholi vakillari musulmonlarga qarshi zo‘ravonlikka da’vat qiluvchi nafrat maktubi olganliklari to‘g‘risida politsiyani xabardor qilganlar. 

Zo‘ravonlikka da’vat etilgan maktubda musulmonlarga qarshi uyushtirilajak tajovuzlar turiga qarab ballar bilan baholangan. 

Nafrat maktubini olganlar qurol, pichoq, avtoulov yoki boshqa vositalardan foydalanib musulmonlarni o‘ldirishga yoki masjidlarga bomba hujumlari uyushtirish yohud masjidlarga o‘t qo‘yishga da’vat qilingan. 

Britaniyadagi “Tell Mama” tashkiloti Bredford, Lester, London, Kardiff va Sheffild shaharlaridagi odamlar nafrat maktubi olganlarini ma’lum qildi. Tashkilot direktori Imon Atta nafrat maktubi musulmonlar jamoasi orasida chuqur tashvish uyg‘otganini bildirdi. 

Ayni paytda politsiya musulmonlardan kimdir hujumga uchrasa, bu haqda politsiyani xabardor qilishga chaqirdi. 

“Kimdir o‘zini shunday zo‘ravonlik qurboni bo‘ldi deb hisoblasa, bu haqda to‘liq tekshiruv o‘tkazishimiz uchun bizga murojaat qilishga rag‘batlantiramiz”, - deyiladi politsiya tarqatgan rasmiy bayonotda. 

Mehnat partiyasidan Britaniya parlamentiga a’zo etib saylangan deputat Noz Shox nafrat maktubi tarqatishdan ko‘zlangan maqsad musulmonlar orasida qo‘rquv uyg‘otishdan iborat ekanini va o‘sha g‘arazli shaxslar niyatiga yeta olmasligini ta’kidlagan. 

O‘MI Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lishning zararlari

20.12.2024   38236   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati