Joriy yilning 9 mart kuni Germaniyaning Laffen em Nekar shahridagi Milliy g‘oya Islom tashkiloti tasarruffidagi Oq Shamsuddin masjidga noma’lum shaxslar yonuvchi suyuqlik to‘ldirilgan idishlarni uloqtirib binoga moddiy zarar yetkazishgan edi.
Tashkilot Bosh kotibi Bakr Oltosh aytishicha, Yevropadagi musulmonlar va masjidlarga hujum qilinishi jiddiy havotir uyg‘otmoqda. U jinoyat sodir etgan shahslarni iloji boricha tezroq topishga chaqirib: “Islamofob tajovuzlar arzimas deb baholanmasligi darkor. Muttassadilar zarur chora-tadbir ko‘rishi kerak” deb qo‘shimcha qildi. Politsiya mazkur hodisa tufayli tergov ishlarini boshlab yubordi
Kecha, 11 mart kuni Berlindagi masjidga erta tongdan hujum uyushtirilgan. Bu haqda “Aljazeera.com” nashri xabar berdi. Xabarda uch nafar yuziga niqob taqqan shaxs yonuvchi modda solingan idishlar yordamida masjid devorlarini yoqib yuborgan va voqea joyidan yashiringan. Masjid imomi Bayram Turkning aytishicha Germaniyada bir necha kun avval ham turk jamiyatiga qarashli masjidlarga hujum uyushtirilgan edi.
O‘MI Matbuot xizmati