Alloh taolo aytadi: “Shak-shubha yo‘qki, Alloh yolg‘onchi va kofir kimsani hidoyat qilmas” (Zumar surasi, 3-oyat).
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vassallam dedilar: “Munofiqning uchta alomati bor:
gapirsa, yolg‘on gapiradi;
va’da bersa bajarmaydi;
omonat olsa, xiyonat qiladi”.
Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vassallam aytdilar: “Uch toifa odamga Qiyomat kunida Alloh gapirmaydi, ularni (gunohlaridan) poklamaydi, ularga (rahm nazari bilan) qaramaydi va ularga alamli azoblar bo‘ladi. Ular: zinokor qariya, yolg‘onchi podshoh va mutakabbir kambag‘aldir” (Muslim, Nasaiy rivoyati).
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: Bir banda e’tiborsizlik qilib bir so‘zni aytadi-da, u sababli do‘zaxga mashriqu mag‘rib orasidan keng masofaga qulaydi (Muslim rivoyati).
Alloh taolo barchamizni nojoiz so‘zlarni so‘zlashdan tiyilishni nasib qilsin. U marhamatli va saxovatli zotdir.
Oybek SAMARQANDIY,
“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi
O‘MI Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
“...hidoyat, rahmat va musulmonlar uchun bashorat bo‘lgan Kitob (Qur’on)ni nozil qildik” (Nahl surasi, 89-oyat).
Valixon qori Azimbayev,
Toshkent Islom instituti o‘qituvchisi.