Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Yanvar, 2025   |   18 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:45
Peshin
12:38
Asr
15:41
Shom
17:25
Xufton
18:43
Bismillah
18 Yanvar, 2025, 18 Rajab, 1446

Surxondaryo va Xatlon viloyatlari o‘rtasidagi chegara ochildi

8.03.2018   4001   2 min.
Surxondaryo va Xatlon viloyatlari o‘rtasidagi chegara ochildi

Bugun, 7 mart kuni Surxondaryo viloyati va qo‘shni Tojikistonning Xatlon viloyati o‘rtasidagi «Amuzang» («Hoshadi») chegara postining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning feysbukdagi sahifasida ma’lum qilingan.

«Qo‘shnichilik munosabatlari, do‘stlik rishtalari hamda hamkorlikning yanada mustahkamlanishi, qo‘shni davlatga borish-kelishdagi to‘siqlar, ortiqcha rasmiyatchiliklarga barham berish maqsadida muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan Surxondaryo va Xatlon viloyatlari o‘rtasidagi «Amuzang» chegara postining rasmiy ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda so‘z olganlar ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari qadim tarixga ega ekanligi, ushbu xayrli ish kelgusida iqtisodiy, madaniy va yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lida yangi sahifalar ochishini ta’kidlashdi. Chegara postining ochilishi asrlar davomida qo‘shni yashayotgan, dili va dini bir bo‘lgan, ikki tilda so‘zlovchi bitta xalqni behad quvontirdi», deyilgan xabarnomada.

Tantanali tarzda va do‘stona muhitda o‘tgan marosimlarda Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Xatlon viloyati hokimi Davlatsho Gulmaxmadzoda qatnashdi.

 

Bungacha SamarqandJizzax va Namangan viloyatini qo‘shni respublika bilan bog‘lovchi chegara postlarining ochilish marosimlari o‘tkazilgandi.

Manba: https://kun.uz

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Namozda bolam ro‘molimni tortib yechib yubordi

17.01.2025   2714   1 min.
Namozda bolam ro‘molimni tortib yechib yubordi

Cavol: Namoz o‘qiyotganimda bolam ro‘molimni tortib yechib yubordi. Namozim nima bo‘ladi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Fiqhiy qoidalarga ko‘ra namozda berkilishi shart bo‘lgan a’zolardan birining to‘rtdan bir va undan ko‘p qismi uch tasbeh (Subhanalloh) aytish muddaticha ochiq tursa, namoz buziladi. Agar uch tasbeh aytish muddatiga yetmasdan, bir qo‘lda yengil harakat bilan yopib olsa, namoz buzilmaydi. Sizdagi holat ham mana shu hukmga tushadi. Bu holatda ro‘molning o‘zi tushib ketishi yoki kimningdir tushirib yuborishi o‘rtasida farq yo‘q (“Muxtasar fil fiqhil hanafiy”). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar