“Ko‘pchilik pushaymonlik arizasi haqida turlicha tushunchaga ega. Shunga aniqlik kiritmoqchiman. Terrorizm-ekstremizm borasida ko‘pchilikda har xil tushunchalar bor. 
Toshkentda, respublikamizning bir qancha joylarida portlashlar sodir etildi, qurbonlar bo‘ldi. Farzandlar yetim qoldi. Bugungi davlat siyosati esa, jinoyatchini jazolash emas, balki jinoyatchilikni barvaqt oldini olishdir. 

Shu sababli, davlat komissiyasiga jinoyatchining shaxsiyatini atroflicha o‘rganish vazifasi qo‘yildi. Qo‘ni-qo‘shnilar, xotinidan eri haqida, eridan xotini haqida, mahalladagi jamoatchilik fikrlari o‘rganilyapti. Diniy ulamolar tomonidan mahbuslar, maxsus ro‘yxatda turganlar fikrlari o‘rganilyapti. Bugun men ochiq aytaman, O‘zbekistonda 18 mingdan ortiq fuqaro diniy-ekstremistik oqimga doir maxsus hisobdan chiqarildi. Ular barcha o‘zbekistonliklar singari huquq va majburiyatlarga ega bo‘ldi”, - dedi IIV general-mayori Qutbiddin Burhonov.

Manba: https://kun.uz