Germaniya poytaxtida 2022 yilda Muhammad ismi yangi tug'ilgan o'g'il bolalar orasida eng ko'p tarqalgan ismga aylandi.
Report-24 nashrining yozishicha, Payg'ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallamga hurmat izhor qilgan holda nomlangan Muhammad ismi Yevropaning qator shaharlarida mashhurlik bo'yicha etakchilik qilmoqda. Misol uchun, Norvegiya poytaxti Osloda so'nggi 14 yil davomida o'g'il bolalarni ko'pincha Muhammad deb atashgan. Buyuk Britaniya poytaxti Londonda ham Muhammad ismi eng mashhur o'ntalikka kiradi.
Bryusselda o'tgan yil davomida bolalarni Jan, Patrik yoki Mark kabi an'anaviy mashhur ismlardan ko'ra ko'proq Muhammad deb atashdi. Muhammad ismi Qo'shma Shtatlardagi o'g'il bolalar uchun eng mashhur ismlardan biriga aylandi.
O'MI Matbuot xizmati
Abdulloh roziyallohu anhu aytadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kirsam, u zot alayhissalom bemorlikdan qiynalayotgan ekanlar.
"Yo Allohning Rasuli, siz bemorlikdan qattiq qiynalmoqdasiz-ku?!" dedim.
"Albatta, men bemorlikdan sizlardan ikki kishining qiynalganicha qiynalaman", dedilar.
"Sizga ikki hissa ajr bo‘lishi uchun shundaymi?" dedim.
U zot alayhissalom: "Ha shunday. Qay bir musulmonga biror musibat yetsa, Alloh uning sababidan o‘sha bandaning yomonliklarini xuddi daraxt o‘z barglarini to‘kkanidek to‘kadi", dedilar".