Qur’on musobaqasining viloyat bosqichi natijalari bilan tanishing.
Tilovat yo‘nalishi
18-25 yosh
1. Habibullayev Shixnazar
2. Husainov Jahongir
3. Rahmonov Dadaxon
26-40 yosh
1. Yunusxo‘jayev Mustofa
2. Babajanov Alisher
3. Eshchonov Murodali
Hifz yo‘nalishi
18-25 yosh
1. Qosimov A’zamxon
26-40 yosh
1. G‘ofurov Shamsiddin
2. Otajonov Ne’matjon
3. Masharipov Aminboy
"Imom Faxriddin ar-Roziy" o‘rta maxsus islom bilim yurtida o‘tkazilgan Qur’on musobaqasi natijalari bilan tanishing.
Hifz yo‘nalishi
1. Mamadaliyev Abdurahmon
2. A’zamjonov Islomjon
3. Otajonov Habibulla
Tilovat yo‘nalishi
1. Tursunov Komil
2. Matyaqubov Ismoil
3. Qurbonqulov Islomiddin
Xorazm viloyatida musobaqa juda ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
G‘oliblarga homiylar tomonidan diplom va sovg‘alar topshirildi.
O‘MI Matbuot xizmati
Joriy yilning 10 may kuni Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov boshchiligida Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Yunus Ali Oxund” jome masjidida viloyatning shahar va tumanlari bosh imom-xatiblari, otinoyilar va hojilar ishtirokida Qo‘rg‘ontepa tumani xamda Xonobod shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan masjid imom-xatiblarining faodiyat samaradorligini oshirish yuzasidan sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.
Dastavval seminar ishtirokchilari bo‘lgan shahar-tuman bosh imom-xatiblar, otinoyilar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan xonadonlarga kirib, aholi bilan yuzma-yuz ko‘rishib, ularga ma’naviy va moddiy yordamlar ko‘rsatildi. So‘ng esa shahar-tuman bosh imom-xatiblari o‘zlariga biriktirilgan masjidlarda peshin namozini ado etib, namozga kelgan jamoatga ma’rifiy suhbatlar qilib berdilar.
Seminar yig‘ilishida esa notiqlar tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumani xamda Xonobod shahridagi masjidlarning faoliyati haqida keng ma’lumotlar berilib, tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan imom-xatiblarning faoliyat samaradorligi oshirish bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tumandagi Masjid imom-xatiblik faoliyatida namunali va faol mexnat qilayotgan imom-xatib viloyat bosh imom-xatibining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.
Seminar yakunlangach esa, qozidomla boshchiligida masjid hududiga yaxshi niyatlar ila o‘n tup manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi.
Andijon viloyat vakilligi Matbuot xizmati