Avval, O‘zbekiston musulmonlari idorasi “ziyorat turizm” faoliyatini yo‘lga qo‘ygani haqida xabar bergan edik. Endilikda, Diniy idora huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamoat fondi yurtimizdagi ziyoratgohlarni obod etish bilan bir qatorda bunday tabarruk maskanlarga ziyoratlarni ham uyushtirish ishlarini boshladi. Dastlab Fond tomonidan Samarqand viloyatidagi qutlug‘ qadamjolarga ziyoratlar tashkil etilmoqda.
Samarqand ziyorati dasturi bilan tanishing:
Yo‘nalishi: Toshkent – Samarqand – Toshkent
Davomiyligi: 1 kun
Transport turi: Zamonaviy transport vositasi
To‘lov miqdori: 200000 so‘m
|
Vaqt |
Faoliyat (ish, xizmat)lar tartibi |
|
|
05:00 |
05:30 |
Ziyoratchilarni belgilangan joyda to‘plash; |
|
05:30 |
10:00 |
Samarqandga jo‘nash; |
|
10:00 |
10:30 |
“Imom Buxoriy” majmuasi ziyorati; |
|
10:30 |
11:00 |
Samarqanda shahriga yetib borish; |
|
11:00 |
12:30 |
“Hazrati Hizr” va “Shohi Zinda” majmualari ziyorati; |
|
12:30 |
14:00 |
Tushlik va peshin namozi; |
|
14:00 |
17:00 |
“Imom Moturidiy” ziyoratgohi, “Bibixonim” masjidi, “Registon” maydoni, “Go‘r Amir” maqbarasi, “Ruhobod” maqbarasi, “Xo‘ja Ahrori Valiy” ziyoratgohi va “Mirzo Ulug‘bek” rasadxonasi ziyorati; |
|
17:00 |
17:30 |
Ziyorat sovg‘alari xarid qilish; |
|
17:30 |
22:00 |
Toshkent shahriga qaytish. |
Ziyoratchilarga quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:
Murojaat uchun: O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamoat fondi
Telefon: (71) 150-64-11, (90) 186-59-18, (99) 899-59-18
Ziyoratchilarni to‘planish joyi: Hazrati Imom (Xastimom) jome masjidi yonida
Eslatma: Yakka guruh shaklida yig‘ilgan ziyoratchilarni talab va istaklariga ko‘ra, guruhni Toshkent shahrining xohlagan manzilida yig‘ish va ziyoratga jo‘natish mumkin.
Ikrom AHMЕDOV, Xayriya jamg‘armasi bosh mutaxassisi;
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Samarqandning tarixiy qismida turizm infratuzilmasini keng ko‘lamli yangilash ishlari davom etmoqda. Amalga oshirilayotgan loyihalarning asosiy maqsadi xorijiy sayyohlarning qolish muddatini uzaytirish, qulay shahar muhitini yaratish va bir vaqtning o‘zida mahalliy aholining hayot sifatini oshirishdan iborat.
“Samarkandskiy vestnik” nashriga ko‘ra, turizmni rivojlantirish dasturi doirasida eski shaharning 13 ta ko‘chasi bosqichma-bosqich zamonaviy piyodalar yo‘lagiga aylantirilmoqda. Bu yerda yangi xizmat ko‘rsatish obyektlari barpo etilmoqda, jamoat joylari obodonlashtirilmoqda, milliy me’morchilik an’analarini saqlab qolgan holda muhandislik kommunikatsiyalari va bino fasadlari yangilanmoqda.
Eng yirik loyihalardan biri Registon maydonini Imom al-Moturidiy maqbarasi bilan bog‘laydigan Buxoro ko‘chasini rekonstruksiya qilish bo‘ldi. Ko‘chaning 850 metr qismi to‘liq piyodalar hududiga aylantiriladi. Loyihani ishlab chiquvchilardan biri, Samarqand davlat texnika universiteti o‘qituvchisi Jasur Berdiqulovning ta’kidlashicha, ilgari bu yerda qatnov qismining torligi tufayli muntazam ravishda tirbandliklar yuzaga kelgan, qulay piyodalar yo‘laklarining yo‘qligi esa piyodalar uchun jiddiy noqulayliklar tug‘dirgan. Ishlar yakunlangach, ko‘cha xavfsiz jamoat maydoniga aylanadi. Aholi uchun alohida to‘xtash joyi ajratilgan bo‘lib, transport vositalarining kirishiga faqat zarurat tug‘ilganda maxsus xizmatlarga ruxsat beriladi. Shu bilan birga, suv, gaz, elektr va boshqa muhandislik tarmoqlari to‘liq modernizatsiya qilinmoqda.
Oltin asr mahallasida joylashgan Bag‘dod ko‘chasida ham ishlar davom etmoqda. Bu yerda 600 metrlik hudud obodonlashtirilmoqda. Loyiha doirasida zamonaviy turizm va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaratish, kichik biznes va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati