Sayt test holatida ishlamoqda!
18 May, 2025   |   20 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:25
Quyosh
05:02
Peshin
12:24
Asr
17:26
Shom
19:41
Xufton
21:11
Bismillah
18 May, 2025, 20 Zulqa`da, 1446

“Vitr” toq ma’nosini bildiradi

07.03.2018   7065   1 min.
“Vitr” toq ma’nosini bildiradi

Savol: Bir kunda besh vaqt namoz bor, deymiz. Vitr namozi-chi? Yoki u xufton namozi tarkibiga kiradimi? 

Javob: Yo‘q, vitr xufton namozi tarkibiga kirmaydi. U alohida namoz, lekin vaqti xufton namozi vaqtidir, Payg‘ambarimizga farz, ummatlariga esa (bizning mazhabga ko‘ra) vojib qilingan (Saraxsiy. “Muhit”). Chunki Rasululloh  bunday marhamat qilganlar: “Ey Qur’on ahli, vitr namozini o‘qing! Zero, Alloh taolo toqdir, toqni yaxshi ko‘radi(Imom Abu Dovud, Imom Termiziy rivoyati).

“Vitr” lug‘atda toq ma’nosini bergani uchun hadisda “Alloh taolo toqdir, toqni yaxshi ko‘radi”, deyilmoqda.

Vitr namozi xufton vaqti kirganidan boshlab kechaning oxirigacha o‘qilaveradi. Ammo xuftondan oldin o‘qish joiz emas. Agar vitr xufton namozining tarkibiga kirganida, uni kechaning oxirigacha kechiktirish makruh bo‘lardi. Holbuki, uni kechaning oxirigacha (bomdod vaqtiga qadar) kechiktirib o‘qish mustahabdir (“Tabyin”).

Hanafiylikda vitr namozi uch rakat. Har bir rakatida Fotiha surasi o‘qiladi. Uning birinchi rakatida  A’lo, ikkinchi rakatiga Kofirun, uchinchi rakatiga Ixlos suralarini o‘qish mandubdir. Bunga Rasulullohning  vitr namozini ana shunday o‘qiganlari haqidagi Imom Ahmad, Nasaiy va Ibn Mojaning Ubay ibn Ka’bdan  rivoyat qilgan hadislari dalil bo‘ladi (“Fiqhul islam va adillatuhu”).

Vitr namozining uchinchi rakatida “Qunut” duosini o‘qish, sahih qavllarga ko‘ra, vojibdir (“Javharatun nayyira”).

“So‘ragan edingiz” kitobidan

O‘MI Matbuot xizmati

 

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Kuchli shamol bo‘lganda o‘qiladigan duo

17.05.2025   2160   1 min.
Kuchli shamol bo‘lganda o‘qiladigan duo

Oisha onamiz roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "Agar qattiq shamol bo‘lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

اللهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ خَيْرَهَا وَخَيْرَ مَا فِيهَا وَخَيْرَ مَا أرْسِلَتْ بِهِ وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّهَا وَشَرِّ مَا فِيهَا وَشَرِّ مَا أرْسِلَتْ بِهِ

"Allohumma inniy asaluka xoyroha va xoyro ma fiyha va xoyro ma ursilat bihi va a’uzu bika min sharriha va sharri ma fiyha va sharri ma ursilat bihi", deb aytar edilar".

Robbim, Sendan uning yaxshisini, undagi yaxshilikni va u bilan yuborilgan narsaning yaxshisini so‘rayman. Robbim, Sendan uning yomonidan, undagi yomonlikdan va u bilan yuborilgan narsaning yomonligidan panoh so‘rayman.