5 mart kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon mamlakat poytaxtidagi “Yoshlikning 50 yilligi” istirohat bog‘ining nomini o‘zgartirish va unga yangi yodgorliklar o‘rnatish to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi. Bu haqda seshanba kuni Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Farmoyishga muvofiq, Dushanbe shahar hokimi xalq deputatlari majlisiga poytaxtdagi Bexzod ko‘chasida joylashgan istirohat bog‘ining nomini “Nizomiddin Alisher Navoiy” deb qayta nomlash bo‘yicha taklif kiritishi lozim.
Mazkur bog‘da O‘zbekiston va Tojikiston xalqlari do‘stligining ramzi sifatida Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy yodgorliklari o‘rnatiladi.
O‘zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati
Bugun – chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov Diniy idoraga turli masalalarda kelgan fuqarolarni qabul qildi. Ularning masjidlar faoliyati, sohani rivojlantirish, moddiy yordam kabi masalalarida qilgan murojaatlari tinglandi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va so‘rovlar atroflicha o‘rganilib, Diniy idora vakolati doirasida tegishlilari bo‘yicha mas’ullarga tez fursatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati