Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Yanvar, 2025   |   11 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:33
Shom
17:17
Xufton
18:36
Bismillah
11 Yanvar, 2025, 11 Rajab, 1446

Shavkat Mirziyoyev va Ashraf G‘ani Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro anjuman ochilish marosimida so‘zga chiqadi

6.03.2018   3154   1 min.
Shavkat Mirziyoyev va Ashraf G‘ani Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro anjuman ochilish marosimida so‘zga chiqadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent shahrida joriy yil 26—27 mart kunlari o‘tkaziladiganAfg‘oniston bo‘yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik va mintaqaviy aloqalar sohasida hamkorlik» xalqaro anjumani ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani so‘zga chiqadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV ma’lum qildi.

Anjumanda ishtirok etish uchun BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va BMTning Afg‘onistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamota, Yevropa kengashining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy komissari Federika Mogerini, shuningdek Xitoy, Rossiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari taklif qilingan.

Forum qatnashchilari Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» harakati o‘rtasida hech qanday dastlabki shartlarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tez orada boshlash zarurati haqida fikr bildirishi kutilmoqda.

Konferensiya yakunlari bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Manba: https://daryo.uz

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Iymon bayoni

10.01.2025   3538   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov