Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkent shahrida joriy yil 26—27 mart kunlari o‘tkaziladiganAfg‘oniston bo‘yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik va mintaqaviy aloqalar sohasida hamkorlik» xalqaro anjumani ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani so‘zga chiqadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV ma’lum qildi.
Anjumanda ishtirok etish uchun BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va BMTning Afg‘onistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamota, Yevropa kengashining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy komissari Federika Mogerini, shuningdek Xitoy, Rossiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari taklif qilingan.
Forum qatnashchilari Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» harakati o‘rtasida hech qanday dastlabki shartlarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tez orada boshlash zarurati haqida fikr bildirishi kutilmoqda.
Konferensiya yakunlari bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Manba: https://daryo.uz
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod shahridagi Qur’on va tajvid markaziga tashrif buyurdilar.
Markaz ma’muriyati hamda u yerda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat har jihatdan samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuvda Shayx Alijon qori hafizahulloh Qur’oni karimni yodlash fazilatlari, bu borada yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetish, shukrona keltirish, vaqtdan unumli foydalanish kabi mavzularda go‘zal mav’iza qilib berdilar.
Haqiqatan, Qur’oni karimni yodlash, oyatlar ma’no-mazmunlarini tafakkur va tadabbur qilish ibodat va chinakam saodatdir.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur’oni karimni o‘rgangan va o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati