Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Dekabr, 2024   |   22 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:46
Peshin
12:27
Asr
15:17
Shom
17:01
Xufton
18:21
Bismillah
23 Dekabr, 2024, 22 Jumadul soni, 1446

Donald Trampning Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

1.03.2018   3562   2 min.
Donald Trampning Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Maktubda quyidagi so‘zlar bitilgan:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentidan joriy yil 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaga oid maktub keldi.

AQSH Prezidenti O‘zbekiston Prezidentining Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya ta’rifi bayon etilgan maktubini olganidan mamnun bo‘lganini qayd etdi.

Maktubda AQSHning Janubiy Osiyodagi strategiyasi mintaqa mamlakatlarini Afg‘onistondagi nizoni tartibga solish va vaziyatni barqarorlashtirish uchun birdek mas’uliyat his qilishga undashi ta’kidlangan.

Donald Tramp O‘zbekiston Prezidentining mintaqaviy yondashuvga doir tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi, bu esa o‘z navbatida vaziyatni tinch muzokaralar yo‘li bilan hal qilish uchun sharoit yaratishi, iqtisodiyot, jumladan, Afg‘oniston bilan savdo aloqalarini rivojlantirishini qayd etdi.

Shuningdek, maktubda bunday deyilgan:

«Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlaringiz katta muvaffaqiyatlar keltirdi. O‘tgan yili noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan konferensiya butun Markaziy Osiyo bo‘ylab istiqbolli hamkorlik muhitini yaratdi, dekabr oyidagi Prezident Ashraf G‘ani bilan uchrashuvingiz esa mustahkam hamkorlik va taraqqiyotga zamin hozirlab berdi.

Sizning Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazishga doir tashabbusingizni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman, shunday ekan, ushbu format afg‘onistonliklar boshchilik qilayotgan Kobul jarayoni bilan muvofiqlashtirilishini ta’minlash uchun biz hamkorlikda astoydil ishlashimiz zarur. Oq uy ma’muriyati Toshkentdagi konferensiyada ishtirok etuvchi AQSH delegatsiyasi tarkibini ko‘rib chiqmoqda.

Samimiy va iliq so‘zlaringiz, shuningdek, Afg‘onistondagi birgalikdagi sa’y-harakatlarga qo‘shayotgan ulkan hissangiz uchun minnatdorlik izhor etishga ijozat bergaysiz. O‘zbekiston xalqiga salomim va ezgu tilaklarimni yetkazishingizni so‘rayman.

Yaqin orada Siz bilan uchrashishni intizorlik bilan kutib qolaman.

Ehtirom bilan,
Donald Tramp, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti»

O‘MI Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

“JUMADAN JUMAGACHA” (20.12.2024)

22.12.2024   11618   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati