Sberbank Rossiya ichki bozorida shu yilning oxiriga qadar 1 mlrd rubldan ortiq hajmdagi kelishuvlarni islom me’yorlariga muvofiq moliyalashtirishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Sberbank boshqaruvi raisining o‘rinbosari Oleg Ganeyev Birinchi Rossiya islom iqtisodiy forumidagi chiqishida bayon qildi.
U xuddi shu me’yorlar bo‘yicha xorijiy shekriklar bilan 130 mln dollarlik loyihalar ustida ish olib borilishi mo‘ljallanayotganligini bildirdi.
O‘zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod shahridagi Qur’on va tajvid markaziga tashrif buyurdilar.
Markaz ma’muriyati hamda u yerda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat har jihatdan samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuvda Shayx Alijon qori hafizahulloh Qur’oni karimni yodlash fazilatlari, bu borada yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetish, shukrona keltirish, vaqtdan unumli foydalanish kabi mavzularda go‘zal mav’iza qilib berdilar.
Haqiqatan, Qur’oni karimni yodlash, oyatlar ma’no-mazmunlarini tafakkur va tadabbur qilish ibodat va chinakam saodatdir.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur’oni karimni o‘rgangan va o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati