Niderlandiyaning Arnhem-Leyeuvarden appelyatsiya sudi 2016 yilda Ensxeddagi masjidga “Molotov kokteyli” deb nomlanuvchi yonuvchi modda solingan shishalarni otganlarning jazosini yengillashtirishga qaror qildi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligining ingliz xizmati xabar berdi.
Sudning izohlashicha, hodisa terror hujumi sifatida baholangan bo‘lsada, hech kimga zarar yetmagan. Shu sababli besh nafar jinoyatchi sud tomonidan qamoq jazosiga mahkum etilgan edi.
2016 yilda 4 yilga ozodlikdan mahrum etilgan to‘rt jinoyatchidan ikki nafarining jazosi 3 yilga, bir nafarining jazosi esa 2,5 yilga tushirilgan. Beshinchi jinoyatchi sudga murojaat qilmagani ma’lum bo‘ldi.
Ikki yil muqaddam Niderlandiyaning Ensxed shahridagi qavmi asosan marokashliklardan iborat masjidga Molotov kokteyli otilgan, buning natijasida masjidning tashqi qismi yongan edi. Hujum paytida ichkarida odamlar bo‘lgan. Biroq hech kim jabrlanmagan edi.
O‘MI Matbuot xizmati