Shveysariyaning Lui Muane («Louis Moinet») brendi o‘zining Shayx Zayd masjidi tasviri tushirilgan qo‘l soatini taqdim etdi.
Ushbu 200 ming AQSH dollari qiymatidagi soat shu yilning may oyida nishonlanadigan Birlashgan Arab Amirligining birinchi prezidenti Shayx Zayd ibn Sulton an-Naxayanning yuz yillik yubileyi munosabati bilan tayyorlangan.
Soatning korpusi halqasida Qur’oni karim oyatlaridan biri yozilgan. Bundan tashqari u 68 ta brilliant bilan bezatilgan, uning korpusi esa 18 karat oq oltindan tayyorlangan. Ummon sultonligining shayxi ushbu antiqa soatning birinchi xaridori bo‘ldi.
O‘MI Matbuot xizmati